Kontent qismiga oʻtish

Cinderella II: Dreams Come True

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cinderella II:
Dreams Come True

DVD muqovasi
Rejissyor(lar) John Kafka
Prodyuser(lar) Mary Thorne
Mary Alice Drumm
Ssenariynavis(lar)
  • Jill E. Blotevogel
  • Tom Rogers
  • Jule Selbo
Rollarda
Bastakor(lar) Michael Tavera
Muharrir(lar) Julie Ann Lau
Studiya(lar)
Distribyutor Walt Disney Home Entertainment
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 73 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $5 million

Cinderella II: Dreams Come True 2002-yilda direct-to-video turida chiqarilgan fentezi-komediya janridagi animatsion filmdir. 1950-yilda ishlangan Cinderella animatsion filmining sikveli. Filmda bosh qahramonlarga Jennifer Hale, Russi Taylor, Corey Burton va Rob Paulsen ovoz bergan.

Qirollik saroyida Cinderella'ning doʻstlari — Gus va Jaq ismli ikki sichqon saroy xonalarining biriga boradilar. U yerda Pari-momo boshqa sichqonlarga Cinderella haqidagi ertakni soʻzlab berayotgan boʻladi. Ammo Gus va Jaq xonaga yetib borganlarida, Pari-momo ertakni aytib tugatadi. Bundan xafa boʻlgan Gus va Jaq boshqa sichqon oshnalari bilan birgalikda uch boʻlimdan iboray Cinderella haqida yangi kitob yozishga ahd qilishadi.

Birinchi boʻlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi boʻlimda Cinderella va shahzoda Charming asal oyidan qaytadilar va Cinderella oʻzining sichqon doʻstlari va iti Bruno bilan uchrashadi. Maʼlum vaqt oʻtib, Cinderella qirol va shahzoda Charming yoʻqligida saroyda oʻtadigan ziyofatlarni tashkillashtirishga mas’ul etib tayinlanadi. Biroq, Cinderella anʼanaga rioya qilmay, boʻlajak ziyofatni oʻziga xos tarzda tashkil etishga qaror qiladi. Ziyovat davomida qirol dastlab Cinderella'ning oʻzgarishlaridan hayratda qolgandek tuyulsa-da, ziyofatdan juda mamnun boʻladi.

Ikkinchi boʻlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi boʻlimda Jaq birinchi filmda boʻlgani kabi, saroyda Cinderellaʼga yordamlashish uchun jussasini juda kichik deb hisoblaydi. Pari-momo uni xohishiga koʻra „Sir Hugh“ ismli odamga aylantiradi. Yarmarkada fil bilan sodir boʻlgan tartibsizlikdan soʻng, u yana sichqonga aylanib, filni toʻxtatadi. Bu voqea unga oʻzidan xursand boʻlishni oʻrgatadi.

Uchinchi boʻlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oxirgi boʻlimda Cinderellaning oʻgay opalaridan biri Anastasia Lathyn ismli novvoyni sevib qoladi, uning onasi ledi Tremaine va singlisi Drizella esa buni ijobiy qabul qilishmaydi. Cinderella ledi Tremaine Anastasiaʼga novvoyni sevib qolgani uchun dakki berayotganini guvohi boʻlib qolib, unga yordam berishga qaror qiladi. Shunday qiib, u Anastasiaʼga ballga tayyorgarlik koʻrishiga koʻmak beradi. Keyinchalik ballda Anastasia Cinderellaʼga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildiradi. Bu paytda Lucifer saroy mushugi Pom Pom bilan uchrashib qolib, uni sevib qoladi.

Sichqonlar kitobni yozib tugatishadi. Cinderella ushbu kitobni boshqa sichqonlar yonida oʻqishni boshlaganda, film tugaydi.

Ovoz berganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Cinderella Ii: Dreams Come True (2002)“. 12-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2020-yil.