Kontent qismiga oʻtish

Chuqur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chuqur

Serialning afishasi
Turi Serial
Janri Drama
Jangari film
Yaratuvchi(lar) Sinan Öztürk
Rejissyor Kerem Çatay
Ssenariynavis(lar) Gökhan Horzum
Damla Serim
Rollarda
Bastakor(lar) Toygar Işıklı
Qismlar boshidagi musiqa "Çukur Jenerik"
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya
Til turkcha
Mavsumlar soni 4
Qismlar soni 128
Ishlab chiqarish
Joy Istanbul
Kinematografiya Ay Yapım
Efirga uzatilishi
Telekanal Show TV
Tasvir formati 576i (HDTV), (1080i)
Translyatsiya davri
— hozir
Holati fasl tanaffusi
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti

Chuqur (turkcha: Çukur) – Ay Yapım tomonidan suratga olingan va rejissori Kerem Çatay, ssenariy mualliflari Gökhan Horzum va Damla Serim boʻlgan turk drama va jangari filmi. Ilk qismlari 2017-yil 23-oktabrda premyera qilingan va suratga olish ishlari hozirga qadar davom etmoqda.[1][2][3]

Mavzusi

Istanbulning Chuqur deb atalgan mahallasining noqonuniy boshqaruvi Kochovali oilasining qoʻlida edi. Oila, hatto jinoyatchilikka shu qadar yaqin boʻlsa ham, oʻz qoidalariga ega. Ushbu qoidalardan biri giyohvand moddalarni mahalla ichida isteʼmol qilish yoki yetishtirish, olib chiqish va olib kirishning taqiqlanishdir. Bu mahallada giyohvandlik bilan shugʻullanishmaydi. Ammo yangi boshqa-boshqa jinoiy guruhlar mahalla boshqaruvini oʻz qoʻliga olishga harakat qiladilar.

Suratga olish

Suratga olish jarayoni Istanbulning Fotih tumanida amalga oshirildi[4]. Shuningdek, birinchi mavsumning birinchi va ikkinchi qismlarida baʼzi sahnalar Fransiya poytaxti Parijda, uchinchi mavsumning baʼzi sahnalari Germaniya poytaxti Berlinda boʻlib oʻtdi[5][6].

Aktyorlar

Asosiy rollar

Yordamchi rollar

  • Emmi (Kadir Çermik): İdrisning bolalikdan doʻsti.
  • Celasun (Kubilay Aka): Mahallaning yoshlaridan. Kochovalilarning odami.
  • Medet (Mustafa Kırantepe): Vartoluning adami.
  • Metin (Cem Uslu): Kamolning akasi. Kochovalilarning adami.
  • Meke (Aytaç Uşun): Mahallaning yoshlaridan. Kochovalilarning adami.
  • Karaca Koçovalı (Ece Yaşar): Selim ve Ayşeʼning qizi.
  • Ayşe Yılmaz (İrem Altugʻ): Selimning sobiq xotini.
  • Saadet Koçovalı (Boncuk Yılmaz): Vartoluning bolalikdagi sevgilisi va ularning İdris ismli bolalari bor.
  • Damla Koçovalı (Hare Sürel): Uluçning qizi. Cumali bilan turmush qurgan.
  • Akın Koçovalı (Burak Dakak): Selim ve Ayşeʼning ogʻli. Boshida dadasi va amakilariga qarshi boʻlsada, keyinchalik ular bilan birga harakat etadi..
  • Nehir (Hazal Subaşı): Yamaç jindixonada uchrashadigan qiz. Yamaç bilan sevishadi va homilador boʻladi.
  • Murtaza (Ferit Kaya): Paşaʼning eski shogirdi.
  • Emir Varol (Ugʻur Aslan): Gazetachi. Çagʻatay Erdenetning iflos ishlarini oshkor qilishga harakat qiladi.
  • Arık Böke Erdenet (Barış Arduç): Çagʻatayning ukasi.

Fasl va qismlar

FaslQismlarEfirga uzatish tarixi
Birinchi qismOxirgi qism
13323-oktabr 2017-yil11-iyun 2018-yil
23417-sentabr 2018-yil27-may 2019-yil
32616-sentabr 2019-yil20-aprel 2020-yil
4377-sentabr 2020-yilTBA

Kitob

Serialning ssenariy muallifi boʻlgan Gökhan Horzum 2019-yil oktabr oyida „Yamaç'ın Dönüşü – Çukur“ deb nomlangan serialning birinchi mavsumi haqida kitob nashr etdi[7].

Belgisi

Chuqur belgisi <•••> filmdagi Chuqur mahallasining ramzi hisoblanadi. U filmdagi qahramonlarning barchasiga tatuirovka qilib tushiriladi. Filmda bu mahalla aʼzoligining dalili sifatida koʻrsatiladi. Mahalla koʻchalari, uylar devorlariga ham ushbu belgini chizib ketish urf boʻladi. Shu tomoni bilan boshqa seriallardan Chuqur ajralib turishi koʻzda tutilgan. Belgiga quidagicha taʼrif beriladi: Eng ustki strelka tomni bildiradi. Yaʼni mahalla aʼzolari bir tom ostida birlashishiga ishora. Biror kishi yordam soʻrab borganida boshqalar shu belgi orqali unga boshpana berishi kerak. Yuqoridagi birinchi nuqta uy ichidagi oilani bildiradi. Ular ota-ona, opa-singillar, aka-ukalar, rafiqa. Ikkinchi oʻrtadagi nuqta mahalla ichidagi doʻstlar, qoʻshnilar, sheriklar. Ular doim yordam berishadi. Uchinchi pastki nuqta bu Koʻchavalilar. Ular Chuqurni va undagi odamlarni himoya qilishadi. Pastki strelka bu Chuqur. Ramzdan kelib chiqadigan umumiy mazmunga koʻra, ustimizda tom, pastimizda Chuqur, bu orada oilamiz, doʻstlarimiz, yaqinlarimiz bor ekan, bu dunyodan abadiy yoq boʻlib ketmaymiz deb tahlil qilinadi[8].

Manbalar

Havolalar