Chris Brown
Chris Brown | |
---|---|
Tavalludi |
Christopher Maurice Brown 5-may 1989-yil Tappahannock, Virginia, U.S. |
Fuqaroligi | AQSh[1][2][3][4][5][6] |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2002-hozirgacha |
Bolalari | 3 |
Veb-sayti | chrisbrownworld.com |
Christopher Maurice Brown (1989-yil 5-mayda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiq yozuvchi, raqqos va aktyor. Billboard maʼlumotlariga koʻra, Brown oʻz avlodining eng muvaffaqiyatli R&B qoʻshiqchilaridan biri boʻlib, koʻplab zamondoshlar tomonidan „R&B qiroli“ deb atalgan[7][8][9][10]. U uslubiy jihatdan koʻp qirrali ijodkor deb taʼriflangan. Uning qoʻshiqlari asosan romantika, hayot, pushaymonlik va hissiy ziddiyat mavzularida. Brown oʻzining sahnadagi chiqishlari bilan Michael Jacksonga qiyoslanadi[11].
2004-yilda Brown Jive Records bilan shartnoma tuzdi va keyingi yili oʻzining debyut studiyaviy albomini chiqardi, u birinchi haftaning oʻzida 154 ming nusxada sotilgan va Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan uch marta platina sertifikatiga ega boʻlgan[12][13]. Uning ikkinchi albomi „Exclusive“ (2007) butun dunyo boʻylab yanada katta tijoriy muvaffaqiyatga erishdi[14]. 2009-yilda Brown oʻsha paytdagi qiz doʻsti, qoʻshiqchi Rihannaga nisbatan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildi[15]. Oʻsha yili u oʻzining uchinchi Graffiti albomini chiqardi, bu uning oldingi asarlari bilan solishtirganda muvaffaqiyatsizlikka uchradi[16]. Graffitidan keyin Brownning toʻrtinchi albomi FAME (2011) eʼlon qilindi, bu uning Billboard 200 reytingida birinchi oʻrinni egallagan birinchi albomi boʻldi. Uning 2012-yilda chiqarilgan beshinchi albomi Fortune ham Billboard 200 reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Yoshlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Christopher Maurice Brown 1989-yil 5-mayda[17] Virjiniya shtatining Tappaxannok shahrida[18] bolalar bogʻchasi sobiq direktori Joyce Hawkins va mahalliy qamoqxonada axloq tuzatish ishlari bo‘yicha xodim Clinton Brown oilasida tug‘iladi[19][20]. Uning bankda ishlaydigan Lytrell Bundy ismli singlisi[21] bor[22]. Musiqa Brownning bolaligidan boshlab hayotida doimo u bilan edi. U ota-onasiga tegishli boʻlgan soul albomlarini tinglardi[20] va oxir-oqibat hip-hop janriga qiziqishi orta boshladi[17].
Brown yoshligida qoʻshiq aytish va raqsga tushishni yoqtirardi va koʻpincha uni Michael Jackson ilhomlantirardi[22]. U cherkov xor guruhida va bir nechta mahalliy shoularida chiqishni boshladi[23]. Shu bilan birga, Brown bir qancha shaxsiy muammolarni boshdan oʻtkazdi. Uning ota-onasi ajrashishadi[24].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-2004: Faoliyati boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Brown 13 yoshida otasining yoqilgʻi quyish shoxobchasiga tashrif buyurgan yangi isteʼdodlarni izlab yurgan Hitmission Records mahalliy guruhi tomonidan kashf etilgan[25]. Hitmissionda Lamont Fleming Brown uchun ovoz boʻyicha murabbiylik qiladi[26]. Brown Virjiniyadagi Esseks oʻrta maktabida 2004-yil oxirigacha oʻqigan va u musiqadagi faoliyatini davom ettirish uchun Nyu-Yorkka koʻchib oʻtgan[27]. Tina Davis, Def Jam Recordings kompaniyasining yuqori darajali A&R rahbari, Brownni Nyu-Yorkdagi ofisida tinglab hayratda qoladi va uni darhol Island Def Jam musiqa guruhining sobiq prezidenti Antonio „L.A.“ Rid bilan uchrashishga olib boradi va unga shartnoma taklif qildi. Lekin Brown uning taklifini rad etdi. „Men Chrisda haqiqiy isteʼdod borligini bilardim“, deydi Devis.
Albomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chris Brown (2005)
- Exculisive (2007)
- Graffiti (2009)
- F.A.M.E (2011)
- Fortune (2012)
- X (2014)
- Royalti (2015)
- Heartbreak on a Full Moon (2017)
- Indigo (2019)
- Breezy (2022)
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2007 | Stomp the Yard | Duron Williams | Yordamchi rol |
2007 | This Christmas | Michael „Baby“ Whitfield | Bosh rol |
2010 | Takers | Jesse Attica | Yordamchi rol, ijrochi prodyuser |
2012 | Think Like a Man | Alex | Yordamchi rol |
2013 | Battle of the Year | Rooster | Yordamchi rol |
2017 | Chris Brown: Welcome to My Life | Oʻzi | Hujjatli film |
2020 | She Ball | T.A.K.O. | Yordamchi rol |
Yil | Nomi | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2006 | One on One | Oʻzi | „Recipe for Disaster“ (5-mavsum, 17-qism) |
2006 | Christmas in Washington | Guest Star | |
2007 | Chris Brown: Journey to South Africa | Brownnning Afrikaga birinchi sayohati haqidagi hujjatli film | |
2007 | The O.C. | Will Tutt | „The My Two Dads“ (4-mavsum, 9-qism) "The French Connection" (4-mavsum, 10-qism) „The Dream Lover“ (4-mavsum, 11-qism) |
2008 | The Suite Life of Zack & Cody | Oʻzi | „Doinʼ Time in Suite 2330“ (3-mavsum, 20-qism) |
2011 | Tosh.0 | 3-fasl, 10-qism | |
2015 | Real Husbands of Hollywood | 4-fasl, 4-qism | |
2017 | Black-ish | Rich Youngsta | Guest Star |
Sayohatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Brown Shimoliy Amerika, Yevropa va butun dunyo boʻylab koʻplab arenalar gastrollarida boʻlgan. Bundan tashqari, u Trey Songz bilan Shimoliy Amerika gastrollarini boshqargan va Rihanna, Drake, Lil Wayne va Beyoncé kabi sohasidagi tengdoshlari uchun gastrollarda boʻlgan. Umuman olganda, Brown oʻz faoliyati davomida 279 ta kontsertdan taxminan 157 million dollar ishlab topdi — bu uni barcha davrlardagi eng yuqori daromadli afro-amerikalik gastrol sanʼatkorlaridan biriga aylantirdi[28].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Ebro Crowns Chris Brown The "King Of R&B" Fans Troll Jacquees“. Urban Islandz (2018-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.
- ↑ „J. Holiday Was Mistaken For A Valet While Staking His Claim As A “King Of R&B”“ (en). BET. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
- ↑ „Tank Shares Mock Poster For "Kings Of R&B" Tour With Chris Brown, R. Kelly, & More“ (en). HotNewHipHop (2018-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
- ↑ Yute. „R. Kelly Crowns Chris Brown The New R&B King“ (en-US). Urban Islandz (2011-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
- ↑ „Chris Brown Wants To Know Where The Talented Artists Went“. HotNewHipHop (2021-yil 9-avgust). Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.
- ↑ Billboard Staff. „‘NOW!’ Rebounds, Holds Brown From No. 1“ (en-US). Billboard (2005-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 15-may.
- ↑ „Biography“, People, August 30, 2016da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: October 18, 2016
- ↑ Kreps. „On the Charts: Chris Brown's "Graffiti" Settles for Seventh as Boyle Continues Reign“ (en-US). Rolling Stone (2009-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 15-may.
- ↑ Settlement reached in Chris Brownʼs alleged beating of Rihanna, Los Angeles Times, June 22, 2009
- ↑ Kaufman. „Susan Boyle Remains Billboard Ruler As Chris Brown Settles For #7“ (en). MTV News. 2022-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
- ↑ 17,0 17,1 Kellman. „Chris Brown Biography“. Allmusic. Qaraldi: 2008-yil 15-noyabr.
- ↑ Aitkenhead, Decca. „Chris Brown: 'It was the biggest wake-up call'“. The Guardian (2013-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.
- ↑ Eggar, Robin. „The new Michael Jackson“. The Times. UK: Times Online (2006-yil 12-fevral). 2011-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-may.
- ↑ 20,0 20,1 „Chris Brown Biography“. NME. Qaraldi: 2009-yil 12-yanvar.
- ↑ "Chris Brown 1989–". Biography Today (Omnigraphics, Inc.) 16 (2): 27. 2007. ISSN 1058-2347.
- ↑ 22,0 22,1 Eggar, Robin. „The new Michael Jackson“. The Times. UK: Times Online (2006-yil 12-fevral). 2011-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-may.
- ↑ „Biography-Chris Brown“, Wire Image, February 18, 2007da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: October 18, 2016
- ↑ „VMA Showstopper Chris Brown Opens Up about His New Album, Past Pain and Looking Ahead in the September 2007 Issue of Giant Magazine“. FindArticles. CBS Corporation (2007-yil 10-sentyabr). 2009-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-yanvar.
- ↑ „Celebrity Bios – Chris Brown“. Us Weekly. 2008-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-oktyabr.
- ↑ Johnson, Brian (September 2005), „Another One of Our Own Has Made it“, VA Vibe: 5–8
- ↑ Biography Today – April 2007 – Vol 16 No 2: General Series, Volume 16. Omnigraphics Inc, April 2007. ISBN 9780780809703. Qaraldi: 2016-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Boxoffice Insider: Top Grossing Black Touring Artists“. Pollstar. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
- 5-mayda tugʻilganlar
- 1989-yilda tugʻilganlar
- Grammy mukofoti sovrindorlari
- Amerikalik erkak televideniye aktyorlari
- Afroamerikalik erkak aktyorlar
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik erkak aktyorlar
- Amerikalik erkak qoʻshiqchilar
- Afroamerikalik erkak qoʻshiqchilar
- Amerikalik erkak reperlar
- Afroamerikalik erkak reperlar
- Amerikalik bola qoʻshiqchilar
- Amerikalik erkak pop-qoʻshiqchilar
- Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar
- Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar