Choryorlar
Choryorlar(forscha — toʻrt doʻst) — Muhammad vafotidan keyin arab xalifaligida hokimiyat tepasida turgan dastlabki 4 xalifa (Abu Bakr Siddiq Umar, Usmon, Ali). Bu xalifalarni Choryorlar deb atash Eron, Afgʻoniston va O’rta Osiyodagi oddiy dindorlar orasida rasm boʻlgan. Choryorlar arab tilidagi diniy manbalarda „xulafo ar-roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalifalar“) nomi bilan tilga olinadi. Choryorlar xalifalikni boshqarish va kengaytirish, koʻshni yerlarni fath etib islom bayrogʻi ostida birlashtirishga rahnamolik qilgan hukmdorlardir. Musulmonlar Choryorlarni „paygʻambar noiblari“ hisoblaydilar. Islom anʼanasvda Choryorlar hukmronlik davri islomning oltin asri deb yuritiladi. Bu davr 30 yil boʻlgan. Choryorlar zamonida Paygʻambar boshlab bergan futuhotlar oxiriga yetkazilgan, davlat wurilishi mukammal boʻlgan, islom yetib borgan oʻlkalarda barqarorlik oʻrnatilgan.
Choryorlar (fors—toʻrt doʻst) — Muhammad vafotidan keyin arab xalifaligida hokimiyat tepasida turgan dastlabki 4 xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali). Ularni Ch. deb atash Eron, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodagi oddiy dindorlar orasida rayem boʻlgan. Ch. arab tilidagi diniy manbalarda "xulafo arroshidin" ("toʻgʻri yoʻldan borgan xalifalar") nomi bilan tilga olinadi. Ch. xalifalikni boshqarish va kengaytirish, qoʻshni yerlarni fath etib islom bayrogʻi ostida birlashtirishga rahnamolik qilgan xukmdorlardir. Islomda Ch. "paygʻambar noiblari" hisoblanadilar. Islom anʼanasida Choryorlar hukmronlik davri islomning oltin asri deb yuritiladi. Bu davr 30 yil davom etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |