Kontent qismiga oʻtish

Chordara suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chordara suv ombori - Sirdaryoning oʻrta oqimida sugʻorish energetika maqsadlarida barpo etilgan gidrotexnika inshooti. Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyati va Oʻzbekiston Respublikasining Jizzax viloyati hududlarida joylashgan. 1965-yilda qurib bitkazilgan, 1965— 68 yillarda suv bilan toʻldirilgan. Toʻliq sigʻimi 5,7 mlrd. m³, foydali sigʻimi 4,7 mlrd. m³. Uzunligi 80 km, oʻrtacha eni 15 km, oʻrtacha chuq. 6,3 m, maksimal chukurligi (toʻgʻoni yonida) 22 m; suv sathi yuzasi 900 km². Tarkibida 4 tuprokli tugon, suv taqsimlagich (suv tashlagich), GES (quvvati 1000 MVt) bor. Chordara suv omborio. Chordara shahri yaqinida Jovsumkum qiridagi Chordara va Arnasoy botigʻi (qarang Arnasoy koʻllari) boshlanishida barpo etilgan. Chordara suv omborio.ning oʻng qirgʻogʻi tik, chap qirgʻogʻi qiyalik. Suv omborining gʻarbiy qismida, toʻgʻondan yuqorida Arnasoy botigʻiga suv tashlamasi boʻlgan ikkinchi toʻgʻon qurilgan. Asosiy toʻgʻonga yaqin joydan Qozogʻiston (Sirdaryoning chap sohilidagi yerlar)ga suv beradigan Qizilqum magistral kanali boshlanadi. Oktabrdan martgacha toʻldiriladi, aprel dan sentabrgacha suv olinadi. Qayroqqum suv ombori bilan birgaliqsa Mirzachoʻldagi yangi yerlarni sugorish va Qozogʻistondagi sugʻoriladigan yerlarni suv bilan yanada yaxshiroq taʼminlashga xizmat qiladi. Baliqchilik xoʻjaliklari bor[1].

  1. "Chordara suv ombori" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil