Kontent qismiga oʻtish

Chor-Sutun masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chor-Sutun masjidi
Chor-Sutun masjidi
Umumiy maʼlumot
Shahar Termiz
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Buzilgan sana 1930-yil

Chor-Sutun masjidi — kichik masjid boʻlib, ustunli gumbazli masjidning tipik namunasidir. Masjid Termizning shimoliy qismida, monumental binodan unchalik uzoq boʻlmagan joyda qurilgan boʻlib, uni mahalliy aholi „kyoshk“ — qal’a deb atashgan. XI asr boshlarida masjid yonida Oʻrta Osiyodagi eng qadimiy minora Chor-Sutun minorasi qurilgan.

Oʻsha paytda uzoq vaqt tashlab ketilgan masjid xarobalari 1938-yilda V. A. Shishkin tomonidan topilgan. Masjid xarobalar topilgan vaqtda uning devor va ustunlarning faqat pastki qismlari saqlanib qolgan. Saqlanib qolgan qismlarini qayta tiklash orqali masjidning juda gʻayrioddiy boʻlib chiqqan asl qiyofasini tasavvur qilish imkon paydo boʻldi[1].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning diametri bir metrdan sal koʻproq boʻlib, ustunlari pishiq gʻishtdan shlakli ohakdan yasalib bir xil kenglikdagi kvadrat asoslarda turardi. Janubi-gʻarbiy devorning oʻrtasida gʻayrioddiy shakldagi mehrob bor boʻlgan. Mehrobning yarim doira shaklidagi uyasi islomgacha boʻlgan davrda monumental binolarning jabhalarini bezashda ishlatilganiga oʻxshash oltita qavariq toʻsiqlar bilan bezatilgan edi. Markaziy Osiyodagi mehroblarning aksariyati toʻrtburchak yoki beshburchak shaklda, yarim doira shaklidagi mehroblar juda kam uchraydi, Chor-Sutun masjidining yarim doira shaklidagi „gofrirovka qilingan“ mehroblari esa mutlaqo oʻziga xosdir. Markaziy Osiyoda, balki islomning boshqa mamlakatlarida ham kam ucharatilgan[1]. Chor-Sutun masjidi (X asr) muayyan davrlarda jome va baʼzida namozgoh masjid vazifasini bajargan[2].

Chor-Sutun masjidi topilgan paytdan boshlab — arxeologik topilmalar va uning meʼmorchiligi xususiyatlariga koʻra IX—X-asrlar qurilishi sifatida qaraldi[3]. G. A. Pugachenkova Chor-Sutun masjidi XI asrga tegishli deb taʼkidlaydi. Uning fikricha, masjid minora bilan bir vaqtda qurilgan deb hisoblaydi. Masjid qoldiqlari 1930-yillarning oxirida vayron qilingan[4].

  1. 1,0 1,1 Хмельницкий 1992, s. 81.
  2. „Chor-Sutun masjidi tarixi“.
  3. „Chor-Sutun masjidi qachon qurilgan“.
  4. Хмельницкий 1992, s. 82.

Хмельницкий С. Г. Между Арабами и Тюрками. Берлин—Рига: Раннеисламская архитектура Средней Азии, 1992 — 344-bet.