Kontent qismiga oʻtish

Chittaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chittaklar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Chittaklar (Paridae) — chumchuqsimonlar oilasi. 65 turni birlashtirgan 10 urugʻi bor. Tanasining uz. 10—20 sm, ogʻirligi 7—25 g. Konussimon tumshugʻi qisqa, burun teshiklari atrofi kilsimon par bilan oʻralgan. Oyoqlari baquvvat, tirnogʻi ichiga qayrilgan. Nari va modasining rangi uxshash; boshi va tomogʻi kora, kukragi kora yoʻlli sariq, tanasining usti, korni va yoni sargʻishkoʻkimtir. Ch. daraxt kovaklari va shoxshabbalariga uya quradi. Yilda bir (jan. mintaqalarda ikki) marta 3—16 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini modasi 12—13 kun bosadi. Jujalarini nari bilan modasi birgalikda boqadi. Ch. faqat hasharotlar bilan oziqlanadi; oʻrmon, park, bogʻ zararkunandalarini qirib fonda keltiradi. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonda oq chittak, sariq tomoq chittak, katta chittak, vahimaqush (uyasini daraxt novdalariga osiltirib quradi) kabi turlari yashaydi.