Kontent qismiga oʻtish

Chillon qaʻlasi

Koordinatalari: 46°24′51″N 06°55′39″E / 46.41417°N 6.92750°E / 46.41417; 6.92750
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Château de Chillon

Kechqurun Chillon qal'asi, fonda Dents du Midi.
Chillon qaʻlasi is located in Canton of Vaud
Chillon qaʻlasi
Vauddagi joylashuvi
Chillon qaʻlasi is located in Switzerland
Chillon qaʻlasi
Shveysariyadagi joylashuvchi
Umumiy maʼlumot
Meʼmoriy uslubi O'rta asrlar
Tasnifi Tarixiy yodgorlik
Shahar Veytaux, Vaud
Mamlakat Shveysariya
Koordinatalar 46°24′51″N 06°55′39″E / 46.41417°N 6.92750°E / 46.41417; 6.92750
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Jacques de Saint-Georges
Vebsayt
chillon.ch/en
Chillon qaʻlasi

Chillon qaʻlasi (talaffuzi: Shilon qaʻlasi fransuzcha: Château de Chillon) – Vaud kantonidagi Veytauxʻnun janubida, Jeneva koʻlida joylashgan oʻrta asrlar qalʻasi. Qaʻla koʻlning sharqiy qismida, Montreux va Villeneuve oʻrtasidagi tor qirgʻoqda joylashgan boʻlib, u Rona daryosining Alp vodiysiga chiqish boʻgozida joylashgan. Chillon Shveysariya va Yevropada eng koʻp tashrif buyuriladigan qalʻalaridan biridir[1]. Avval Savoy Xonadoni, keyinchalik 1536-yildan 1798-yilgacha Bern kantoni tomonidan egallab olingan, hozirda u Vaud shtatiga tegishli va Shveysariya milliy va madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilgan[2].

Shveysariyalik etnolog Albert Samuel Gatschetning soʻzlariga koʻra, Chillon nomi Valdens lahjasidan kelib chiqqan va "tekis tosh, taxta, platforma" degan maʻnoni anglatadi. 1195-yilda tasdiqlangan Castrum Quilonis nomi, shuning uchun "qoyalar bagʻrida qurilgan qalʻa" degan maʻnoni anglatadi[3].

Chillon qalʻasi Chillon orolida qurilgan boʻlib, [4] Jeneva koʻlida Montreux va Villeneuve qoyalari oʻrtasida joylashgan, bir tomoni juda tik boʻlib, boshqa tomonida esa koʻl joylashgan. Qalʻaning joylashishi strategik ahamiyatga ega: u Vaud Riviera [fr] oʻrtasidagi oʻtish joyini nazorat qilish imkonini beradi, ushbu oʻtish joyi Germaniya va Fransiyaga shimol tomondan kirish imkonini beradi. Shuningdek, Rona vodiysi, Italiya tomon eng qisqa yoʻlga ega. Shunday qilib, garnizon Italiyaga boradigan yoʻlga kirish punktini (harbiy va tijoriy punkt sifatida) nazorat qilishi va boj solishi mumkin edi.

Tepadan koʻrinishi (1948)

Chillon Qadimgi Rim davridan beri harbiy markaz boʻlib kelgan va hozirgi qalʻaning paydo boʻlishi uch davrni oʻz ichiga oladi: Savoy davri, Bern davri va Vaudois davri[5].

Qadimgi Rim davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chillon qaʻlasi Alp togʻlari boʻylab strategik yoʻlni nazorat qiluvchi qadim Rim harbiy punkti sifatida paydo boʻlgan[6]. Rim davriga oid ashyolar XIX asrda olib borilgan qazishmalar paytida, hamda, bronza davriga oid qoldiqlar ham topilgan. Rimliklar tomonidan X asrda kvadrat shakldagi donjon qaʻlasi qurildi. XIII asrdagi manbalar Chillon qaʻlasi tarixini Sion episkopligi bilan bogʻlaydi.

Qalʻaning qurilishi boʻyicha hech qanday aniq sanalar yoʻq, ammo qalʻa haqidagi birinchi yozma manbalar 1005-yillarda paydo boʻlgan[7]. U Burgundiyadan Buyuk Sankt-Bernard dovonigacha boʻlgan yoʻlni nazorat qilish uchun qurilgan. [6] 1150-yilgi nizomda graf Gumbert III Hautcret sistersiylariga Chillonga bepul kirish huquqini bergan, qalʻa egasi oʻsha paytdagi feodal jamiyati ichidagi Savoy grafining vassali Gaucher de Blonay deb koʻrsatilgan.

12-asrning oʻrtalaridan boshlab qalʻa Jeneva koʻlida kemalar flotini boshqargan Savoy graflarining yozgi uyi boʻlgan[6]. Qalʻa 1248- va 1266-yillarda graf Pyotr II tomonidan yanada kengaytirilgan[8]. Bu vaqt ichida qaʻla derazalari usta Sent-Jorj Jeyms tomonidan bezatildi, Jeyms keyinchalik Uelsdagi Harlech qalʻasiga ham xuddi derazalarni ham yasagan deb qaraladi[9].

Chillon qamoqxona sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-asrdagi Din urushlari paytida Savoy gersoglari qasrdan mahbuslarni saqlash uchun foydalanganlar. Uning eng mashhur mahbusi, ehtimol, Jenevada avliyo Viktordan oldingi rohib va siyosatchi Fransua de Bonivard boʻlgan, u Jenevada rohib boʻlib faoliyat yuritgan va 1530-yilda oʻz vatanini Savoya gersoglaridan himoya qilgani uchun qamoqqa olingan[6]. Olti yil davomida mahbus de Bonivard oʻz zanjirlari masofasi qadar qadam tashlagan va ushbu yurgan yoʻli haligacha saqlanib qolgan.

1536-yilda qalʻa Jeneva va Bern qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va barcha mahbuslar, shu jumladan de Bonivard ozod qilindi. Qalʻa 1733-yilda Chillon davlat qamoqxonasiga aylantirilgunga qadar Bern pristavining qarorgohiga aylandi [6].

1798-yilda fransuz tilida soʻzlashuvchi Vod kantoni nemis tilida soʻzlashuvchi Bern hukumatini tarqatib yuboradi va Leman respublikasini tuzilganligini eʻlon qildi. Vaudois fransuz qoʻshinlarini Shveysariya avtonomiyasini saqlab qolish uchun yordam soʻradi. Fransuzlar qaʻlani egallab olganlarida, Chillon qaʻlasi oʻq-dorilar va qurol-yarogʻ ombori sifatida xizmat qilgan[6]

18-asrning oxiridan boshlab qasr butun dunyo boʻylab yozuvchilar va shoirlarni, jumladan Jean-Jacques Rousseau, Victor Hugo, Aleksandr Dyuma, Gustav Flober, Meri Shelli va Lord Bayronni oʻziga jalb qildi. 1939-yilga kelib, qaʻlaga uning sayyohlik maskani boʻlmish Montreuxga yaqinligi tufayli yiliga 100,000 dan ortiq sayyohlar tashrif buyurgan. 2005-yilga kelib bu raqam 300 mingga yetdi[10].

Chillon qasriga kirish sayyohlar uchun ochiq va kirish uchun chipta sotib olinadi. Qalʻaning veb-saytida koʻrsatilishicha, ushbu qaʻla "Shveysariyaning eng koʻp tashrif buyuriladigan tarixiy yodgorligi" hisoblanadi[11]. Yaqin atrofda, avtoturargohlar va avtobus bekatlari mavjud. Qalʻaning ichida katta yotoqxona, zal va doʻkonlar, jumladan, dam olish joylari mavjud. Mehmonlar toʻrtta katta zal, uchta hovli va bir qator yotoq xonalarini, shu jumladan Savoy gersogi tomonidan egallab olingan va 14-asr devoriy rasmlari bilan bezatilgan Kamera domini koʻrishlari mumkin[12].

Shuningdek qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Mc Currach, Ian. „One Hour From: Geneva“. The Independent (2003-yil 27-aprel). Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
  2. „Swiss inventory of cultural property of national and regional significance“. A-Objects. Federal Office for Cultural Protection (BABS) (2018-yil 1-yanvar). 2016-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-sentyabr.
  3. Jaccard, Henri. Essai de Toponymie. La Société d'Histoire de la Suisse Romande, 1867. ISBN 978-1-141-93817-9. 
  4. Gil. „Combien d'îles sur le lac Léman“. La Gazette (2006-yil 13-dekabr).
  5. „Château de Chillon - History overview“. Chillon.ch. 2009-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-yanvar.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 de Fabianis, p. 175.
  7. According to publication Chillon by Auguste Guignard (former secretary of the Association for the Restoration of the Chillon Castle), published by Ruckstuhl SA (Renens, Switzerland) in 1996: "The oldest historical document relating to Chillon bears the date 1005, and from this it is seen that the castle belonged to the bishops of Sion, who confided its care to the d'Alinge family."
  8. Cox 1967.
  9. Taylor, Arnold (1985). Studies in Castles and Castle-Building. London. The Hambledon Press.
  10. Andoza:HDS
  11. „Chillon Website - Main Page“. Chillon.ch. Qaraldi: 2013-yil 13-yanvar.
  12. „Chillon Website - Rooms“. Chillon.ch. 2008-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-yanvar.

Rasmiy sayti