Cheksiz maymun teoremasi
Cheksiz maymun teoremasi - cheksiz yozuv mashinalarida oʻtirgan cheksiz maymunlardan kamida bittasi qachondir deyarli albatta tayinli bir matn terishini isbotlaydigan falsafiy-matematik teorema.
Nazariyaning kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nazariyaning asosi cheksiz maymun teoremasida yotadi. Bunda shimpanzega yozuv mashinasi hamda cheksiz vaqt mobaynidagi cheksiz urinishlar berilganda u qachondir Shekspirning asarlaridan birini nuqt-verguliga qadar bir xil qilib yaratib qo'yishi mumkinligi aytiladi. Bu cheksiz imkoniyatlar tushunchasining timsolidir.
Nazariyaning tub ma'nosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amalda, Cheksiz Shimpanze nazariyasi koinotning kengligini va vaqt o'tishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kutilmagan natijalarni namoyish etadi. Ya'ni chaksiz vaqt mobaynida hamma narsa sodir bo'lishi mumkin degan fikr olg'a suriladi.
Hayotga tadbiq
[tahrir | manbasini tahrirlash]Evolyutsion biologiya: Bu nazariya genetik mutatsiyalarda tasodifiylikning rolini va noyob moslashuvlarning paydo bo'lishini ko'rsatib beradi. Ya'ni evolutsiya cheksiz davom etsa cheksiz kombinatsiyadagi organizm turlari paydo bo'lishi mumkin.
Ijodkorlik va innovatsiya: Bu ijodiy fikrlovchilarni ijodiy jarayonda oldindan aytib bo'lmaydigan narsalarni qabul qilishga ilhomlantiradi, yangi g'oyalarni rag'batlantiradi va inson yaratuvchanligi chegaralanmagan deya taxmin qiladi.
Cheklovlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nazariyani real hayotda qo'llashni ilojsiz qiluvchi bir qancha sabablar bor. Jumladan, cheksiz vaqt va resurslarning amaliy emasligi kabi nazariyaning cheklovlarini tan olish juda muhimdir. Ammo, undan nazariy holatda foydalanish mumkin. Negaki, cheksiz Shimpanze nazariyasi ehtimollik va tasodifiylik cheklanmagan degan fikrni o'z ichiga oladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maike Elisa, "Understanding the Infinite Monkey Theorem" ("Cheksiz maymun teoremasini tushinish"), "Toward data science" jurnali, 2019