Kontent qismiga oʻtish

Cheksizlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cheksizlikni (∞; matematika miqdorlari hal qila olmaydi boshqa matematik tushng ojiz nechalarni kengaytirish maqsadida ishlatiladigan tushuncha. Matematik analizda cheksiz kichik, cheksiz katta miqdorlar, geometriyada cheksiz uzoqlashgan elementlar, haqiqiy sonlar toʻplamini ikkita „maxsus“ son —oo va +oo bilan, toʻplamlar nazariyasida natural sonlar qatori 1, 2,… ni transfinit sonlar bilan toʻldirish va hokazo tushunchadir.

Masalan, hosila tushunchasi cheksiz kichik ikki miqdor nisbatining limiti, integral esa soni cheksiz koʻp „cheksiz kichik“lar yigʻindisining limiti boʻlib, bunday „kengaytirishlar“ matematika va boshqa fanlarda muhim ahamiyatga ega. Oʻzgaruvchan cheksiz kichik, cheksiz katta miqdorlarni oʻzgarmas cheksiz katta miqdorlardan farq qilish uchun „potensial“ va „aktual“ cheksizlik terminlari vujudga kelgan.