Chekka dengizlar
Qiyofa
Chekka dengizlar - materiklarga yondashib turgan va okeandan yarim orollar hamda orollar orqali ajralgan dengizlar. Chekka dengizlar, odatda, materik sayozligida va materik yon bagʻrida joylashgan boʻladi. Bu dengizlarning barcha xususiyatlari (tub yotqiziqlarning turi, iqlimi, gidrologik rejimi, organik dunyosi)ga materik ham, okean ham kuchli taʼsir etib turadi. Barens, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Norvegiya, Bellinsgauzen dengizlari Chekka dengizlardir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |