Kontent qismiga oʻtish

Chekishning zararlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olimlar sigaretlarni 1950-yildan beri oʻrganadi. Shuning uchun bu haqida yetarlicha malumotga egamiz.

Tamakidan asosan nafas olish tizimi aʼzolari va yurak qon-tomir sistemasi aziyat chekadi, lekin tamaki butun organizimga ziyon keltiradi. U immunitetni pasaytiradi va ichki aʼzolarga zarba beruvchi yalligʻlanish jarayonlarini stimullaydi.

Tamaki tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tamaki tutunida 4000 dan ortiq kimyoviy birikmalar mavjud boʻlib, ulardan 40 dan ortigʻi ayniqsa xavflidir, chunki ular saraton kasalligini keltirib chiqaradi, shuningdek, bir necha yuz zaharli moddalar: nikotin, benzopiren, siyanid, mishyak, formaldegid, karbonat angidrid, karbon monoksit, gidrosiyan kislotasi va boshqalar. Sigaret tutunida radioaktiv moddalar mavjud: poloniy, qo'rg'oshin, vismut. Nikotin toksikligi boʻyicha gidrosiyan kislotasiga teng[1].

Chekish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chekishni tashlashning foydalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chekishni tashlash, qancha vaqt yoki qancha chekishingizdan qatʼiy nazar, har qanday yoshda sogʻliq uchun foyda keltiradi[2].

  • Salomatlik holatini yaxshilaydi va hayot sifatini yaxshilaydi.
  • Yurak-qon tomir kasalliklari, surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi (KOAH), saraton va reproduktiv salomatlikning yomon natijalari kabi koʻplab salbiy taʼsirlar xavfini kamaytiradi.
  • Yurak ishemik kasalligi yoki KOAH tashxisi qoʻyilgan odamlarga foyda keltiradi.
  • Homilador ayollar va ularning homilalari va chaqaloqlari salomatligiga foyda keltiradi.
  • Chekish chekuvchi odamlarga, sogʻliqni saqlash tizimlariga va jamiyatga tushadigan moliyaviy yukni kamaytiradi.