Cheddar pishloq
Cheddar pishlogʻi (yoki oddiygina cheddar) nisbatan qattiq, oppoq ranglar qoʻshilsa toʻq sariqqa aylanadi. Baʼzan oʻtkir taʼmga ega boʻlgan tabiiy pishloqdir . Cheddar Angliyaning Somersetdagi Cheddar qishlogʻidan kelib chiqqan.[1]
Cheddar pishlogʻi butun dunyoda ishlab chiqariladi.[2][3] Himoyalangan geografik koʻrsatkich (PGI) 2013-yilda Yevropa Ittifoqida Orkney Shotlandiya oroli Cheddar uchun roʻyxatga olingan[4], bu Buyuk Britaniya qonunchiligida ham amal qiladi. Dunyo miqyosida cheddar sifatida belgilangan pishloqlarning uslubi va sifati juda farq qilishi mumkin, baʼzi qayta ishlangan pishloqlar "cheddar" sifatida qadoqlanadi. Bundan tashqari, taʼmi va koʻrinishi Red Lesterga oʻxshash baʼzi pishloqlar baʼzan "qizil cheddar" sifatida sotiladi.
Cheddar Buyuk Britaniyadagi eng mashhur pishloq turi boʻlib, mamlakatdagi yillik 1,9 milliard funt sterling boʻlib. pishloq bozorining 51 foizini tashkil qiladi.[5] Bu AQShda mozzarelladan keyin ikkinchi eng mashhur pishloq boʻlib, oʻrtacha yillik isteʼmoli jon boshiga 4.5 kg ni tashkil etadi[6] 2014-yilgi maʼlumotga koʻra, AQSH 1.400.000 tonna ishlab chiqargan.[7] va Buyuk Britaniya 2008-yilda 262.000 tonna ishlab chiqargan.[8]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cheddar pishlogʻi Angliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi Somersetdagi Cheddar qishlogʻidan kelib chiqqan.
Cheddar taxminan XII asrdan beri ishlab chiqariladi. Fransiyaga bu pishloqning kirib kelishi haqida fransuz yozuvchilari, rimliklar bu retseptni Fransiyaning Kantal hududidan Britaniyaga olib kelgan boʻlishi mumkin deya taxmin qilishadi.[9]
XX asrda Somerset sut ishlab chiqaruvchisi Jozef Xarding cheddarni modernizatsiya qilish va standartlashtirishda tarixda oʻz oʻrniga ega.[10] Jozef Xarding texnik yangiliklar, sut mahsulotlari gigienasini targʻib qilish va pishloq tayyorlashning zamonaviy usullarini koʻngilli ravishda tarqatgani uchun "cheddarning otasi" nomi bilan tarixda qoldi.[11] Xarding pishloq tayyorlash jarayoniga yangi jihozlarni, shu jumladan tvorogni kesish uchun oʻzining "aylanuvchi toʻsar"ini yangilik sifatida ishlab chiqarish bozoriga kiritdi. Aylanuvchi toʻsar texnikasi pishloq tayyorlash jarayonida qoʻl mehnatini tejaydi.[12]
Tayyorlash jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cheddar ishlab chiqarishda tvorog va zardob odatda yangi tugʻilgan buzoqlarning oshqozonida hosil boʻlgan shira yordamida ajratiladi.
"Cheddarlanish" yaʼni cheddar pishlogʻini ishlab chiqarishning qoʻshimcha bosqichini anglatadi. Pishloq doimiy haroratda saqlanadi, koʻpincha bu maxsus jihozlarni talab qiladi. Dunyo boʻylab ishlab chiqarilgan boshqa qattiq pishloq navlarida boʻlgani kabi, gʻorlar pishloqni pishish uchun ideal muhitni taʼminlaydi; hali ham, bugungi kunda, baʼzi cheddar Wookey Hole va Cheddar darasidagi gʻorlarda yaxshi saqlanadi va yaxshi yetiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Smale, Will. „Separating the curds from the whey“. BBC Radio 4 Open Country (21-avgust 2006-yil). Qaraldi: 7-avgust 2007-yil.
- ↑ "West Country Farmhouse Cheddar”, gov.uk.
- ↑ Brown, Steve; Blackmon, Kate; and Cousins, Paul. Operations management: policy, practice and performance improvement. Butterworth-Heinemann, 2001, pp. 265–266.
- ↑ „Orkney Scottish Island Cheddar“. European Union. Qaraldi: 2-oktabr 2021-yil.
- ↑ „The Interview – Lactalis McLelland's 'Seriously': driving the Cheddar market“. The Grocery Trader. Qaraldi: 9-may 2007-yil.
- ↑ „Cheese Sales and Trends“. International Dairy Foods Association. 2011-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-noyabr 2010-yil.
- ↑ „Quantity of cheddar cheese produced in the U.S. from 2004 to 2013 (in 1,000 pounds)“. Statista. Qaraldi: 19-dekabr 2015-yil.
- ↑ Rajan, Amol. „The Big Question: If Cheddar cheese is British, why is so much of it coming from abroad?“. The Independent (22-sentabr 2009-yil). 25-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-noyabr 2010-yil.
- ↑ Barthélemy, Roland. Guide du fromage: Choisir, reconnaître, goûter 1200 fromages du monde, 2003 — 89-bet. ISBN 978-2-01-236867-5.
- ↑ „Encyclopedia – Harding, Joseph“. Gourmet Britain. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2009-yil.
- ↑ Heeley, Anne. Joseph Harding, Cheddar Cheese-Maker. Glastonbury: Friends of the Abbey Barn, 1996.
- ↑ Transactions of the Highland and Agricultural Society of Scotland, Highland and Agricultural Society of Scotland, 1866-7 volume 1, Aberdeen