Kontent qismiga oʻtish

Chapaqay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chapaqay – asosan chap qoʻli bilan ishlovchi insonlarga aytiladi. „Chapaqay“ soʻzi antonimi – „oʻnaqay“. Insonlar orasida chapaqaylar tahminan 15%ni tashkil etadi, yaʼni, har yettinchi inson chapaqaydir.
Chapaqay inson oʻng qoʻliga nisbatan chap qoʻlini koʻp ishlatadi. Chapaqay chap qoʻlini ayniqsa, shaxsiy ehtiyoj, taom tayyorlash va shunga oʻxshash ishlarda koʻproq foydalanadi. Yozadigan qoʻl esa oʻnaqay yoki chapaqaylikni aniq indikatori hisoblanmaydi. Masalan, koʻpchilik chapaqaylar oʻng qoʻlida yozadilar, lekin qolgan barcha ishlarni chap qoʻllarida qiladilar.
Xalqaro chapaqaylar kuni – har yili 13-avgustda nishonlanadigan bayram hisoblanadi.

1977-yili 8-15%ga yaqin aholi chapaqay hisoblanardi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, chapaqaylar jinsi ayollardan koʻra, koʻproq erkaklar boʻladi. Chapaqaylar birtuxumlik egizaklar orasida koʻp uchraydi va baʼzi asabiy zoʻriqqan insonlar guruhida, yaʼni, epilepsiya, Daun sindromi, autizm, aqliy rivojlanishi toʻxtab qolgan va disleksiyalarda uchraydi. Statistikaga koʻra, birtuxumlik egizaklar 76%lik chapaqay boʻlish imkoniyati bor. Bunga sabab qilib, qisman genetik va qisman ekologik oʻxshashligi koʻrsatiladi. Chapaqaylar Janubiy Osiyo, Sharqiy Yevropa, Janubiy-sharqiy Osiyo, Avstraliya aholilarida boshqa etnik guruhlarga nisbatan orasida koʻproq uchraydi. Chap qoʻllar Janubiy yarimsharda koʻproq: Bu sotsial sabablarga koʻra boʻlishi ham mumkin, chunki Koʻhna olam chetlarida chapaqaylar jamiyatdan chetlashtirilib, siqib chiqarganlar. Statistikaga koʻra, hozirda sayyoramizda 500 milliondan ortiq chapaqaylar yashamoqda. Yevropada chapaqaylar tugʻilayotgan chaqaloqlar orasida 10%ni tashkil etadi: ular baqiroqroq, sabrsizroq, lekin bolalar yoshida esa kirishimliroq, soʻzga chechanroq boʻlishadi. Chapaqaylar koʻproq kasblarda artistlik, rassomlik, yozuvchilikni tanlashadi. Shuningdek, chap qoʻllar boks va qilichbozlikda alohida qadrlanadi.