Xalqaro chapaqaylar kuni
Xalqaro chapaqaylar kuni (inglizcha: International Lefthanders Day) har yili 13-avgustda nishonlanadi. Birinchi marta bu kun 1976 yili 13-avgustda ʻ’Lefthanders International’’ tashabbusi bilan nishonlangan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra esa, 1992-yili 13-avgustda bundan ikki yil oldin tashkil etilgan Britaniya chapaqaylar klubi tashabbusi bilan o’tkazilgan.[1]
Statistikaga ko’ra, hozirda sayyoramizda 500 million ga yaqin chap qo’l insonlar yashaydi, ya’ni har o’nta insondan bittasi chapaqaydir.
Aksiyaning maqsadi – chap qo’llarga muammo tug’diradigan har xil uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni e’tiborini qaratishdir. Ish vaqtida o’ng qo’llarga qulay qilingan uskunadan foydalanayotganda, chap qo’llar o’zlariga noqulay bo’lgan harakatlar qilganliklari tufayli ko’pincha nerv va mushak stressini boshdan kechirishadi. Natijada AQSHda 1991 yili olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, ishlab chiqarish jarayonida uskuna avariyasi oqibatida chap qo’llar ko’proq halok bo’lishgan.[1]
Izoh
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 TUT.BY | НОВОСТИ — Около 10 % белорусов отметят день Левши — Калейдоскоп — 12.08.2008, 13:18, 2008-08-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-08-02
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xalqaro chapaqaylar kuni[sayt ishlamaydi]