Chako burguti
Chako burguti – toj kiygan yolgʻiz burgut nomi bilan tanilgan. U Janubiy Amerikaning sharqiy va markaziy qismida yoqolib ketish xavfi ostidagi yirtqich qushlardan. Kamyobligi sababli u haqida koʻp maʼlumot aniq emas[1].
Tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chako burguti katta va yirtqich qush boʻlib, tanasidagi patlari toʻq kulrang tusda boʻladi. Kalta qora dumi keng va qora, koʻkrak va oyoqlari sariq rangda. Dumida oq medial tasmasimon chiziq bor. Voyaga yetmagan burgutda boshi va tanasining tagida kulrang chiziqlari bor[2] . U Neotropikada eng katta yirtqich qushlardan boʻlib, ogʻirligi 2.95 kg keladi. Uzunligi 73-79 sm, qanotlari kengligi 170-183 smga boradi[3][4].
Taksonomiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chako burguti Buteogallus coronatusga mansub monotipik tur hisoblanadi. Vieillot uni birinchi marta 1817-yilda Harpyia coronata deb nomlagan. Keyinchalik yana qayta nomlanib, harpyhaliatus coronatus deb oʻzgartirilgan. Shu vaqtgacha yakka burgut harpyhaliatus coronatusning kichik turi hisoblangan. Dnkning filogenetik tahlillarida ular qardosh ekanligi aniqlangan. Burgutlarni koʻpincha yolgʻiz holda yoki uchta kichik guruhlarda koʻrish mumkin[5].
Yashash joyi va tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarqalishi
Chako burguti oʻtroq qush boʻlib, uni Janubiy Amerikaning sharqiy va markaziy qismlarida uchratish mumkin. Uning hududi Braziliyaning janubiy va markaziy qismida, Boliviya, Paragvayda joylashgan va Argentinaning shimoliy qismigacha choʻzilgan. U mahalliy aholi va tadqiqotchilar tomonidan oʻn yillardan beri koʻrilmagan va yoqolib ketgan deb tahmin qilinagan. Tarqalgan hududining koʻp qismlarida yoq qilib yuborilgan, boshqa joylarda esa juda kam zichlikda tarqalgan. Natijada qush Neotropik mintaqadagi eng kam uchraydigan qush deb topilgan va yoqolib ketish havfi ostida qolgan. Soni boʻyicha 250-999 ta yetuk individ qushlar qolgan boʻlib, turlar boʻyicha umumiy soni 375-1499 taga yetadi.
Yashash joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chako burgutini koʻproq savannalar, botqoqliklar, ochiq oʻrmon hududlarida uchratish mumkin. Ularning yashash joyi uchun daraxtlarning ahamiyati katta. Chunki bu qushlar baland daraxtlar shoxiga in qurib, tunaydi.
Tahdidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chako burgutining yoqolib ketish havfi ostida qolishi inson omili bilan bogʻliq deb hisoblanadi. Odamlar tomonidan oʻrmonlarning qirqilishi, yashash joylarining buzilishi, ovchilik faoliyatining koʻpayishi, ustunlarda elektr tok manbalari oʻrnatilishi bu qushning populyatsiyalariga salbiy taʼsir qilgan[6]. Asosan burgutlar chorva mollariga hujum qilishi sababli oʻldirilgan. 1999—2014-yillarda chorva mollariga hujumi sabab otib tashlanib, 30 ta chako burguti reabilizatsiyaga olib kelingan. Bu hodisa tabiatni muhofaza qilish jamiyatining eʼtiborini tortgan va Argentinada Chako burgutlari milliy muhofazaga olingan[7].
Alohida hususiyati
Chako burgutini 2 km uzoqlikdan kuchli va shiddatli hushtaksimon ovozi orqali tanib olish mumkin.
Oziqlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chako burguti ovlaydigan hayvonlar orasida kalamushlar, kichik va oʻrta boʻyli sutemizuvchi havonlar asosiy oʻrinni agallaydi. Ulardan tashqari quyonlar, ilon, toshbaqa, kaltakesak kabi sudralib yuruvchilar bilan ham oziqlanadi. Ilonlarni ovlashda qoʻl keladigan kuchli panjalari ularni ilon chaqishidan himoya qiladi va ilonlarni boshidan ushlab olishga imkon beradi[8]. Bu qush koʻpincha oʻljalarini oʻldiradi yoki chalajon qilib tashlab ketadi[9].
Koʻpayishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tojli yakka burgut yagona tur hisoblandi. U avgust-oktabr oylarida uyasiga kulrang dogʻli oq tuxum qoʻyadi. Uyasini yerdan 10-13 metr balandlikda daraxtlar ustida yasaydi. Daraxt boʻlmagan hududlarda esa binolarda uyasini qurishi ham aniqlangan. Tuxumlari 45 kunda yorib chiqadi. Erkagi oziqa topish va urgʻochisi tuxumlarni qoʻriqlash bilan shugʻullanadi. Bolalari yorib chiqqach, uyasida 65-70 kun qoladi. Tahminlarga koʻra 3-5 yoshda voyaga yetadi[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Canal, David; Roques, Séverine; Negro, Juan J.; Sarasola, José H. (February 2017). "Population genetics of the endangered Crowned Solitary Eagle (Buteogallus coronatus) in South America". Conservation Genetics 18 (1): 235–240. doi:10.1007/s10592-016-0878-6.
- ↑ Sarasola, José Hernán (March 2018). "Nesting of the Endangered Chaco Eagle (Buteogallus coronatus) on a Human-made Structure". Journal of Raptor Research 52 (1): 108–111. doi:10.3356/JRR-17-20.1.
- ↑ Ferguson-Lees, James; Christie, David A.. Raptors of the World. Houghton Mifflin Harcourt, 2001. ISBN 978-0-618-12762-7. Andoza:Pn
- ↑ Do, Eric (4 March 2020). "Chaco Eagle (Buteogallus coronatus)". Birds of the World. doi:10.2173/bow.croeag1.01.
- ↑ Do, Eric (4 March 2020). Schulenberg, Thomas S (ed.). „Chaco Eagle (Buteogallus coronatus)“. Birds of the World. doi:10.2173/bow.croeag1.01.
- ↑ Sarasola, José H.; Galmes, Maximiliano A.; Watts, Bryan D. (19 May 2020). "Electrocution on Power Lines is an Important Threat for the Endangered Chaco Eagle (Buteogallus coronatus) in Argentina". Journal of Raptor Research 54 (2): 166. doi:10.3356/0892-1016-54.2.166.
- ↑ Madden, Kristin K.; Rozhon, Genevieve C.; Dwyer, James F. (9 May 2019). "Conservation Letter: Raptor Persecution". Journal of Raptor Research 53 (2): 230. doi:10.3356/JRR-18-37.
- ↑ Lobos, Roberto Pereyra, et al. „Diet of the Crowned Eagle (Harpyhaliaetus coronatus) during the breeding season in the Monte desert, Mendoza, Argentina.“ Journal of Raptor Research 45.2 (2011): 180-183.
- ↑ Giacomo, Alejandro G., Santiago F. Krapovickas, and Javier Pereira. Historia natural y paisaje de la Reserva el Bagual, provincia de Formosa, Argentina: inventario de la fauna de vertebrados y de la flora vascular de un área protegida del Chaco Húmedo. No. 4. Aves Argentinas/Asociación Ornitológica del Plata, 2005.
- ↑ Galmes, Maximiliano A.; Sarasola, José H.; Grande, Juan Manuel; Vargas, F. Hernán (September 2018). „Parental Care of the Endangered Chaco Eagle (Buteogallus coronatus) in Central Argentina“. Journal of Raptor Research. 52 (3): 316–325. doi:10.3356/JRR-16-82.1. S2CID 91853862.