Cerro Largo Departmenti
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Cerro Largo | |
---|---|
32°23′0″S 54°17′0″W / 32.38333°S 54.28333°W | |
Mamlakat | Urugvay |
Asos solingan | 1821 |
Aholisi | 84,698 |
Vaqt mintaqasi | UTC-3:00 |
|
Cerro Largo departamenti (ispancha talaffuzi:[ˈsero ˈlaɾɣo]) – Urugvay davlatining 9 ta departamentidan biri. Poytaxti – Melo shahri boʻlib, departament mamlakatning sharqiy qismidan oʻrin olgan. Shimoli-sharqda Braziliya bilan chegarasi Yaguaron daryosi hisoblansa, janubda Treinta y Tres departamenti, gʻarbda Durazno departamenti va shimoli-gʻarbda Negro daryosi orqali Tacuarembó hamda Rivera departamentlari bilan tashkil qilgan chegaralari mavjud.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XVIII asrning oxiriga kelib bu hududlarda mahalliy aholidan tashqari, ispanlar va portugallar ham istiqomat qilgan. 1795-yilda ispan piyodalari kapitani Agustin de la Rosa portugal va hindlarning hujumlarini qaytarish uchun qal’a qurish maqsadida Melo shahriga asos soldi. Keyinchalik bu hudud 1816-yilda portugallar tomonidan bosib olingan[1]. Shahardan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan Posta del Chuy tarixiy mehmonxonasi va 1855-yilda Etcheverri tomonidan Chuy del Tacuarí daryosi ustida qurdirilgan tosh koʻprik mamlakatning eng mashhur tarixiy obyektlari hisoblanadi. Cerro Largo 1830-yilda tashkil etilgan Urugvayning dastlabki toʻqqizta departamentidan biridir. Keyinchalik departamentning katta bir qismida Treinta y Tres nomli yangi departament tashkil qilindi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cerro Largo aholisining etnik guruhlari[2]. | ||||
---|---|---|---|---|
Etnik guruhlar | Foiz | |||
Oq tanlilar | 90.2% | |||
Qora tanlilar | 10.9% | |||
Hindular | 4.2% | |||
Osiyoliklar | 0.5% | |||
Boshqalar | 1.0% | |||
2011-yilda roʻyxatga olingan statistik maʼlumotlariga koʻra, Cerro Largo departamentida 84,698 (41,050 erkak va 43,648 ayol) nafar aholi va 35,841 ta xonadon mavjud[2]. Cerro Largo departamenting 5,936 nafar aholisi qishloqlarda yashaydi.
Departamentning 2010-yildagi demografik koʻrsatkichlari[3]:
- Aholining oʻsish sur’ati: 0.571%
- Tugʻilish darajasi: 15.95 tugʻilish/1000 kishi
- Oʻlim darajasi: 8.64 oʻlim/1000 kishi
- Oʻrtacha yoshi: 32.1 (31.0 erkaklar, 33.0 ayollar)
- Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish:
- Umumiy aholi uchun: 75.86 yosh
- Erkaklar uchun: 72.58 yosh
- Ayollar uchun: 79.04 yosh
- Bitta xonadonning oʻrtacha daromadi: oyiga 18,880 peso
- Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 7<801 peso
Asosiy shahar markazlari | Boshqa shahar va qishloqlar | ||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2011-yilgi maʻlumotlar asosida[4]. | |||||||||||||||||||||||||||
|
|
Departament xaritasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur shaxslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aparisio Saravia, 1904-yilda Masoller jangida vafot etgan taniqli partiya rahbari boʻlgan.
- Villanueva Saravia, mintaqaviy partiya rahbari boʻlgan.
- Rodolfo Nin Novoa, Urugvay vitse-prezidenti boʻlgan (2005-2010).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Historia de Cerro Largo“. Intendencia de Cerro Largo (2012). Qaraldi: 2012-yil 17-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Población por sexo y ascendencia étnico racial, según departamento.“ (es). National Institute of Statistics. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Uruguay en cifras“ (Spanish) (PDF). INE (2011). 2012-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Censos 2011 Cuadros Cerro Largo“. INE (2012). 2012-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Official site – Intendencia de Cerro Largo / Geography and demographics (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- Official site – Intendencia de Cerro Largo / History of the department
- INE map of Cerro Largo Department
- Nuestra Terra, Colección Los Departamentos, Vol.18 „Cerro Largo“ (Wayback Machine saytida 2011-05-01 sanasida arxivlangan)