Buyvollar(Bubalus) — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqlilar urugʻi. Tanasining uzunligi 100—290 sm, dumi 15—90 sm, boʻyi 62—180 sm, ogʻirligi 150—1200 kg. Gavdasi yoʻgʻon, boʻyni va oyoklari kalta va kuchli. Juni kalta va siyrak, dumining uchida shokila hosil qiladi. Buqasining boʻyni ostida terisi osilib turadi. 3 turi: anoa, Osiyo buyvoli va Afrika buyvoli bor (baʼzan 3 ta har xil urugʻga kiritiladi). Osiyo, yaʼni Hind buyvoli (V. arinee) shoxining uzunligi 2 m gacha, oʻroqqa oʻxshash egilgan; asosi kengaygan; Osiyo (Hindiston, Myanma, Xitoyningjan. da, Hindixitoy yarim orol, Kalimantano) va Filippinning Mindanao o.da (mindanao kenja turi) tarqalgan. Baʼzan Mindanao buyvoli alohida tur (V. mindorensis)ra kiritiladi. Afrika buyvoli (V. caffer) Sahroi Kabirdan janubroqda tarqalgan ba'zi oʻrmonlar va chakalakzorlarda, payettekislik va togʻli hududlarda yashaydi. Bitta, baʼzan 2 ta bola tugʻadi. Osiyo buyvoli xonakilashtirilgan, Janubiy Osiyo, Afrika, Jan. Yevropa va Kavkazda suti uchun, baʼzan ishchi hayvon sifatida boqiladi. Osiyo buyvoli baʼzan arni yoki Hindiston buyvoli, Afrika buyvoli esa kaffer yoki qora buyvol deb ham ataladi. Filippin va Osiyo B. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.