Kontent qismiga oʻtish

Buyuk koʻllar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Buyuk ko‘llardan yoʻnaltirildi)

Buyuk koʻllarShim. Amerikadagi yonmayon joylashgan 5 katta koʻl (Yuqori koʻl, Michigan koʻli , Guron, Eri, Ontario) ning umumiy nomi. AQSH bilan Kanadaning chegara qismida. Maydoni 245,2 ming km². Suvining hajmi 22725 km3. Buyuk koʻllar dunyoda eng katta chuchuk suv havzasidir. Koʻllar bir-birlari bilan qiska, serostona daryolar orqdpi tutashgan. Koʻllar Atlantika okeaniga SanLavrentiy daryosi orkali oqadi. Eri va Ontario koʻllarini bir-biriga bogʻlovchi Niagara daryosida Niagara sharsharasi bor.

Buyuk koʻllar qirgʻoq chizigʻining umumiy uz. 18 ming km. Buyuk koʻllar toʻrtlamchi davr muzliklarining erishidan paydo boʻlgan. Shim. qirgʻoqlari baland, qoyali, bularda qizil, qoʻngʻir qumtoshlar, granitlar, gneyslar yaqqol koʻrinib turadi. Janubiy va jan.sharqiy qirgʻoqlari past. Orol koʻp. Chikago shahri yaqinida koʻl suvining temperaturasi yanvarda 0’, avgustda 20°. Dek.dan aprel oxirigacha muz bilan qoplanadi. Buyuk koʻllar da baliklarning 173 turi bor. Ichki suv yoʻllarining uz. 1873 km. Buyuk koʻllar dagi kema yoʻllarining uz. 3 ming km atrofida. Buyuk koʻllar atrofdagi dare va koʻllar bilan ham kanallar orqali qoʻshilgan. Koʻllarda temir rudasi, don, kumir va boshqa yuklar tashiladi. Yirik portlari — Chikago, Detroyt, Miluoki, Buffalo, Klivlend, Toronto.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil