Burgutli dovoni
Qiyofa
Burgutli dovoni — Turkiston tizma togʻlarining suvayirgʻich qismidagi dovon. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi chegarasida joylashgan. Balandligi qariyb 2960 m. Burgutli dovoni orqali Sangzor vodiysidan Zarafshon vodiysiga piyoda yoki ulovda oʻtish mumkin. Sangzor daresining yuqori oqimidagi Koʻkjarsoy orqali koʻtarilib Burgutli dovoni dan Zarafshon daryosi vodiysiga (Ziddi, Mingdona qishloqlari) Kozboysoydagi yoʻl bilan tushiladi. Burgutli dovoni dan iyun—sentabr oylarida foydalanish mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |