Kontent qismiga oʻtish

Eritish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eritish (metallurgiyada) — materiallar (choʻyan, poʻlat, rangli metallar, shisha va boshqalar) ni maxsus pech (Eritish pechi) da qayta ishlab, suyuq holatdagi mahsulot olish jarayoni. Eritish pechi qattiq va suyuq yoqilgʻi, gaz va elektr energiyasi bilan qizdiriladi. Eritish uchun xom ashyo materialni uning erish trasidan yuqoritragachaqizdirish kerak (qarang Erish). Eritish natijasida suyuq holatga oʻtgan metall yoki shisha maxsus qoliplarga quyiladi yoki undan biror buyum (mas, quvur, oyna va boshqalar) tayyorlanadi. Eritish rudalardan metallar ajratib olish, qattiq yoki suyuq metall shixtanm qayta ishlash, rangli metallar, ferroqotishmalarni tozalash, qotishmalar olish, qattiq metallarni suyultirib quymalar olish va boshqalar maqsadlarda ishlatiladi.