Bulbulzorsoy
Qiyofa
Bulbulzorsoy | |
---|---|
Bulbulzorsoy quyi oqimida | |
Tavsif | |
Uzunligi | 7 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Bulbulzorsoy |
Bulbulzorsoy — Samarqand viloyatidagi soy, Omonqoʻtonsoyning oʻng irmogʻi. Taxtaqoracha dovonining sharqidan, 1300 m balandlikdan boshlanadi. Uzunligi 7 km, suv sarfi 50—70 l/sek. Bulbulzorsoy, asosan, buloq suvlari, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bulbulzorsoy havzasida akatsiya, qaragʻay daraxtlari oʻsadi, bodomzor, oʻrikzor, yongʻoqzorlar bor. Bulbulzorsoy vodiysida bulbul, yovvoyi kaptar, kaklik koʻp.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |