Bugʻdoy tripsi
Qiyofa
Bugʻdoy tripsi | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
BUGʻDOY TRIPSI (Haplothris tritici Kurd.) — tripslar turkumiga mansub hasharot. Bugʻdoy tripsi ning boʻyi 1,5–2 mm. Lichinkasi tuproqda qishlaydi. Aprelda voyaga yetadi. Erta bahorda harorat 8— 10° ga yetganda barg qoʻltiqlarida oziqlana boshlaydi, barg qoʻltigʻiga kirib olib, yuqoriga koʻtariladi va barg uchi shirasini soʻradi. Natijada barg uchidan quriydi, boshoq normal rivojlanmaydi. Odatda, Bugʻdoy tripsi barg tomirlari boʻylab gʻuj boʻlib yotadi. Tuxumini boshoqqa yoki undagi qiltiqlarga bittadan yoki toʻptoʻp qilib qoʻyadi. Bugʻdoy tripsi ni yoʻqotish uchun hosil yigʻib olingandan keyin bugʻdoypoyani sugʻorish va yerni haydash tavsiya qilinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |