Bugʻ mashinasi
Ushbu sahifani Bug' mashinasi bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Bugʻ mashinasi — birlamchi porshenli dvigatel; bunda siqilgan suv bugʻining potensial energiyasi mexanik ishga aylanadi. Uzluksiz ishlaydigan Bugʻ mashinasi loyihasini I. I. Polzunov ishlab chiqqan (1763). Universal dvigatel sifatida 1774—84 yillarda J. Uatt yaratgan. 19-asr oxirigacha sanoat va transportda yagona dvigatel boʻlgan. Bugʻ mashinasini rivojlantirish ishi fabrika va zavodlar, elektr stansiyalari, parovoz, kema va lokomobillar uchun, qishloq xoʻjaligi va mahalliy sanoat ehtiyojlari uchun statsionar Bugʻ mashinasi yaratishga olib keladi. Bugʻ mashinasining tortish harakteristikasi yaxshi, ortiqcha bosim va reverslashga moslashuvchan, puxta va oddiy tuzilgan. Quvvati 15 MVt gacha, f. i. k. 20—25% ga yetadi. Kamchiligi iqtisodiy samaradorligi pastligi va quvvati cheklanganligidir.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |