Kontent qismiga oʻtish

Bruce Lee

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bruce Lee

Lee 1971-yilda
Tavalludi
Lee Jun-fan (李振藩)

27-noyabr 1940-yil
Vafoti 20-iyul 1973-yil(1973-07-20)
(32 yoshda)
Kowloon Tong, Britaniya Hong Kongi
Fuqaroligi
  • AQSh[1]
  • Britaniya Hong Kongi
Taʼlimi Washington universiteti
Kasbi
  • Jang sanʼati ustasi
  • faylasuf
  • aktyor
  • rejissor
  • ssenariynavis
  • produser
Faoliyat yillari 1941–1973
Turmush oʻrtogʻi
Linda Emery
(turm. 1964; vaf. 1973)
Bolalari Brandon va Shannon Lee
Otasi Lee Hoi-chuen
Onasi Grace Ho
Veb-sayti Bruce Lee Jamgʻarmasi

Bruce Lee (talaffuzi: Brus Li; 李小龍; tugʻilgan paytidagi ismi Lee Jun-fan, 李振藩; 1940-yil 27-noyabr — 1973-yil 20-iyul) — jang sanʼati ustasi. AQShda safarda yurgan xitoylik teatr aktyorlari oilasida tugʻilgan. 11 yoshidan Shaolin maktabi ustasi Ip Mandan ushu, kung fu saboqlarini oldi. 17 yoshida San Franciscoga ketib, oshpazlik qildi, unversitetga oʻqishga kirdi, kung fu maktabini ochdi, yakkakurashning jitkundo deb atalgan maxsus yoʻnalishiga asos soldi. 1965-yilda sport mashgʻulotlari asosida olingan film unga shuhrat keltirdi, Hollywoodga taklif etildi. „Katta boss“, „Shiddatli musht“, „Ajdahoning chiqishi“, „Ajdaho yoʻli“, „Ajdaho bilan olishuv“ filmlarida suratga tushdi. Oʻzi ham Hong Kongda „Konkord“ kinostudiyasini ochib, „Oʻlim bilan oʻynashish“ filmi ustida ish boshladi. Ogʻir kasallikka chalingan Lee shifoxonada yakkakurashga bagʻishlangan „Yengilmas musht yoʻli“ kitobini yozib tugatdi. Sogʻaygach, filmning 20 daqiqasini suratga olishga ulgurdi. Oʻlimiga notoʻgʻri qabul qilingan dori sabab boʻlgan degan tashxis qoʻyilgan (Siettle shahridagi qabristonga dafn qilingan).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. „Hong Kong Cinemagic - Bruce Lee“. 2012-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-dekabr.