Kontent qismiga oʻtish

Bronxiomikoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bronxiomikoz (jabralarning chirishi) – oʻtkir kantagioz kasallik, jabra apparatining qon tomirlari jarohatlanishi va jabra varaqlar toʻqimasining nekrozga uchrashi bilan xarakterlanadi. Kelib chiqishi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi-parazit zamburugʻlarning 2 ta turi. Ulardan biri-Branchiomyces sanguinis-zogʻorabaliq, tangachalari kam zogʻorabaliq, tovonbaliq, toshboshlarni zararlaydi. Ikkinchi turi- Branchiomyces demigrans – choʻrtan baliqni zararlaydi. Lin baligʻida ikki tur ham parazitlik qiladi. Branchiomyces sanguinis qonning maxsus paraziti. Zamburugʻlarning giflari (ichidagi xuddi tuxumga oʻxshash pushtlari) kuchli shoxlangan boʻlib, qalinligi 8-30 mkm, uzunligi 10-15 mkm ga teng. Ular kurtak shaklida, odatda, yupqa boʻlib, spora hosil qilganida esa qalinlashadi. Kuchli shoxlangan (tarmoqlangan) giflar faqat jabraning qon tomirlarida joylashadi hamda jabraning boʻlmalarida va nafas olish organining burmalarida boʻladi. Branchimyces demigrans mitseliysi daraxtsimon shoxlangan giflardan tashkil topgan. Giflarning eni 13-15 mkm, baʼzan 30 mkm gacha va qalinligi 0,5 dan 0,7 mkm rivojlanishning oxirgi bosqichida 22—28 mkm gacha uzayadi. Zamburug‘ tomirlarda (venalarda) parazitlik qiladi. Uning yorilishi natijasida jabraning biriktiruvchi toʻqimasiga kirib oladi va u yerda oʻsishi davom etadi.

Branxiomikoz kasalligining qoʻzgʻatuvchilari tabiatda keng tarqalgan boʻlib, xoʻjalik ishlari past darajada olib boriladigan hovuzlarda, sanitar qoidalarga amal qilinmaydigan hovuzlardagi baliqlarni kasallantiradi. Bu kasallik akvarium baliqlarida ham roʻyxatga olingan. Branxiomikoz bilan barcha yoshdagi karp, zogʻora, tovonbaliq, toshboshbaliq, lin, choʻrtan baliq baʼzan forel va laqqa baliqlarda parazitlik qiladi, lekin 1 yoshli baliqlar bu kasallikga ancha taʼsirchan. Ularda kasallik ogʻir kechadi va 70% gacha baliqlar zararlanadi. Bronxiomikoz oʻlati yozda, suvning harorati 20-22 °C boʻlganda rivojlana boshlaydi. Infeksiya manbai boʻlib kasallangan baliqlar va oʻlgan baliqlarning murdalari xizmat qiladi. Kasallikning paydo boʻlishiga sifatsiz oziqlantirish, suvning kuchsizligi, suvning organik moddalar bilan ifloslanishi sabab boʻlishi mumkin. Oʻsib borayotgan zamburugʻlarning giflari qon tomirlar yoʻlini berkitib qoʻyadi va „emboliya“ holati yuzaga keladi. Buning natijasida qon aylanishi va gazlar almashinuvi kuzatiladi. Nekrozga uchragan jabra toʻqimasi parchalanadi, zamburugʻ giflari tomirlar orqali buyrak va taloqga boradi, shu yerda qoladi va oʻsishda davom etadi. Patologik jarayon rivojlanishi tufayli qonning sur’ati ham oʻzgara boshlaydi: gemoglobinning 29 gr/l gacha (norma 90 gr/l) tushishi, eritrotsitlar soni 0,8 Nekroz– 1,5 mln/ 1mkl gacha kamayish kuzatiladi. Leykogramma tekshirilganda neytrofiliyaning 24% (norma 0,5%); limfotsitopeniya 64% gacha (norma 95%) va monotsitoz 2- 5% gacha (norma 0,5%) oʻzgarishini koʻrish mumkin.