Brage Tixo
Tycho Brahe | |
---|---|
Tavalludi |
1546-yil 14-dekabr |
Vafoti | 1601-yil 24-oktyabr |
Fuqaroligi | Daniya |
Otasi | Otte Brahe |
Onasi | Beate Clausdatter Bille |
BRAGE (Brahe) Tixo (1546.14.12, Knudstrup – 1601.13.10, Praga) – daniyalik astronom; amaliy astronomiya islohotchisi. Brage boshchiligida qurilgan rasadxona (1576) Uraniborg, yaʼni „astronomlar uyi“ deb atadi. Brage rasadxonada 20 yildan ortiq yulduz, sayyora va kometalar ustida tadqiqotlar olib bordi. Oy harakatidagi yillik notekislik va variatsiyalarini, kometalar atmosfera hodisasi emasligi (ularning Oydan ham yiroqda ekanligi)ni aniqladi. Yoruglikning Yer atmosferasidagi refraksiyasch jadvallarini tuzdi. Yillik presessiya qiymatini juda aniq (51") topdi. Brage Kopernik sistemasini tan olmagan. U Yer olam markazida joylashgan, Quyosh uning atrofida aylanadi, sayyoralar esa Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrga kelgan. Brage ning Marsni kuzatuvlari natijalari asosida I. Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunini yaratgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tycho Brahe. {{{sarlavha}}}. — 2009.
- Heilbron Jon L. {{{sarlavha}}}. — London, 2000-yil 2-Noyabr.
Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940, nemischa: Die Besetzung von Dänemark ) — Uchinchi reyxning Daniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan. Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlari Kopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlgan Olborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan. (Davomi...)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |