Boyqobil gʻori
Qiyofa
Boyqobil gʻori — Qashqadaryo viloyati Qamashi tumaniaati gʻor. Qorasirt togʻi (Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy tarmogʻi)ning shimoli-gʻarbiy yon bagʻrida, Oʻradaryo vodiysida joylashgan. 1930 m balandlikda. Yuqori yura davriga mansub gips qatlamlarida hosil boʻlgan.
Gʻorning kirish qismi shimoliy tomonga qaragan, doira shaklida, diametri 4 m ga yaqin. Gʻor egri-bugri boʻlib boshlangan, eni 1,5 m dan 9 m gacha, balandligi 0,5 m dan 15 m gacha. Sahni ichkarisiga tomon bir oz koʻtarilgan. Gʻorda havoning temperaturasi kirish qismida 22°, ichkarisida 9°. Nisbiy namlik 97% (sentabr). Umumiy uz. 240 m, maydoni 1210 m2, hajmi 1440 m3.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |