Kontent qismiga oʻtish

Boombayah

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Boombayah“
Blackpink singli
„Square One“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 8-avgust, 2016-yil(2016-08-08)
Janr EDM[1]
Davomiyligi 4:00
Leybl YG
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
Blackpink singllari xronologiyasi
„Whistle“
(2016)
Boombayah
(2016)
„Playing with Fire“
(2016)
Klipi
"Boombayah" YouTubeda

Boombayah“ — Janubiy Koreyaning „Blackpink“ qizlar guruhining qoʻshigʻi. U 2016-yil 8-avgustda „YG Entertainment“ kompaniyasi tomonidan guruhning „Square One“ nomli raqamli debyut singl albomida „Whistle“ treki bilan birgalikda chiqarilgan. „Boombayah“ Janubiy Koreya xit paradlarida 7-oʻrinni egallagan va sotuvlarning birinchi haftasida Billboard World Digital Song Sales chartida birinchi oʻringa chiqishga muvaffaq boʻlgan. 2020-yil 13-oktyabrda „Boombayah“ YouTube platformasida 1 milliarddan koʻp tomosha qilingan birinchi K-pop musiqasining debyut klipiga aylandi[2].

„Boombayah“ 2016-yil 8-avgust kuni soat 20:00 KST (UTC+09:00) da Janubiy Koreyadagi turli raqamli musiqa portallari orqali „Whistle“ treki bilan birgalikda „Square One“ nomli raqamli singl albomida chiqarilgan[3][4].

Qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq odatdagidek musiqa tanqidchilarining ijobiy sharhlarini olgan. „Billboard K-Town“ jurnali muhbiri Jeff Benjamin „Blackpink“ guruhi treklari „oʻz xalqaro muhlislariga ega boʻlgan hip hop va klub musiqalarini oʻz ichiga oladi, ular Psy, Big Bang va 2NE1 ning qoʻshiqlari singari ekzotik zarbali, bassli“ deya aytib oʻtgan[5].

Tijoriy jihatdan, „Boombayah“ Janubiy Koreyaning Gaon Digital Chart paradida 7-oʻrinda debyut qilgan[6][7][8]. Amerika Qoʻshma Shtatlarida „Boombayah“ qoʻshigʻi 2016-yil 27-avgust haftasining Billboard World Digital Song Sotish chartida birinchi oʻrinni egallagan[9][10]. Keyingi haftada esa „Whistle“ treki chartda 3-oʻringa chiqqan[11].

2019-yil aprel holatiga koʻra, trek Buyuk Britaniyada 12,7 million oqimlarda ijro etilgan[12].

Ommaviy axborot vositalarida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq Netflix platformasida efirga uzatiluvchi „Wu Assassins“ teleserialida birinchi mavsumning „Drunken Watermelon“ birinchi epizodida jang sahnasida namoyish etilgan[13].

Hissa qoʻshganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
(2016-17) Yuqori
pozitsiya
Finlandiya bayrogʻi Finlandiya Download (Latauslista)[14] 21
Fransiya bayrogʻi Fransiya (SNEP)[15] 196
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya (Japan Hot 100)[16] 15
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi (Gaon Digital Chart)[6] 7
AQSH bayrogʻi AQSh World Digital Songs (Billboard) 1
(2016) Yuqori
pozitsiya
Janubiy Koreya (Gaon) 11
  1. „A Beginner's Guide To K-Pop Queens BLACKPINK“. Idolator (2017-yil 3-avgust). 2023-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-may.
  2. „BLACKPINK's "BOOMBAYAH" Becomes 1st Kpop Debut Video To Surpass 800 Million Views“ (en). AsianChingu (2020-yil 24-fevral). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  3. „앨범 정보>멜론“. www.melon.com. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
  4. „Square One – Single by BLACKPINK on Apple Music“. iTunes. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
  5. Benjamin. „Blackpink's Major Debut: New K-Pop Girl Group Lands No. 1 & 2 on World Digital Songs Chart“. Billboard (2016-yil 16-avgust). Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  6. 6,0 6,1 „국내 대표 음악 차트 가온차트!“. gaonchart.co.kr. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
  7. „국내 대표 음악 차트 가온차트!“. gaonchart.co.kr. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
  8. „국내 대표 음악 차트 가온차트!“. gaonchart.co.kr. 2016-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
  9. „World Digital Songs : Aug 27, 2016 | Billboard Chart Archive“. Billboard. 2016-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
  10. „Blackpink's Major Debut: New K-Pop Girl Group Lands No. 1 & 2 on World Digital Songs Chart“. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
  11. „World Digital Songs : Sep 03, 2016 | Billboard Chart Archive“. Billboard. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-avgust.
  12. Copsey. „Blackpink's most streamed songs on the Official Chart“. Official Charts Company (2019-yil 9-aprel). Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  13. „Music from Wu Assassins“ (en-US). Tunefind. Qaraldi: 2021-yil 13-fevral.
  14. "Blackpink: Boombayah" (finncha). Musiikkituottajat – IFPI Finland. Qaraldi: 2019-yil 15-dekabr.
  15. "Blackpink – Boombayah" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  16. „Billboard Japan Hot 100 2017/08/28“ (Japanese). Billboard Japan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.