Kontent qismiga oʻtish

Bobo Mahkamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bobo Mahkamov
Tavalludi 1919-yil
Vafoti 1986-yil
Tojikiston SSR Dushanbe
Fuqaroligi SSSR
Kasbi harbiy
Unvoni general
Mukofotlari Qizil Bayroq ordeni
Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni
Qizil Yulduz ordeni
„Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Bobo Mahkamov — general (ruscha: Бобо Махкамов; 1919-yil, SSSR Oʻzbekiston SSR Qoʻqon — 1986-yil, Dushanbe), millati tojik, 1954—1972-yillarda Tojikiston SSR Ichki ishlar vaziri[1][2].

Bobo Mahkamov 1919-yilda Rossiya imperiyasi davrida hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi Qoʻqon shahrida tavallud topgan. Mahkamov Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi tojik oilasida tarbiya topgan.

Bobo Mahkamov boshlangʻich taʼlimini Konibodom shahridagi maktablardan birida biroz kechroq boshlab, 1939-yilda u yerni muvaffaqiyatli tamomlaydi. O‘sha yili Mahkamov 20 yoshida Sovet Armiyasi safiga qo‘shiladi va Toshkentdagi NKVD (Ichki ishlar xalq kommisarligi maktabi — hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi) o‘qishga kiradi.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobo Mahkamov mehnat faoliyatini 1940-yilning sentyabr oyida Kulabskiy tumani NKVD boshqarmasining vakili sifatida boshlaydi va 1941-yilga qadar oʻsha yerda faoliyat koʻrsatadi.

1953-yilning dekabr oyiga qadar Mahkamov davlat xavfsizligi podpolkovnigi, 1954-yilgacha Leninobod viloyati (hozirgi Soʻgʻd viloyati) Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida xizmat qiladi.

1954-yil 17-aprelda Tojikiston SSR Ichki ishlar vaziri etib taʼyinlanadi va ushbu lavozimda 1972-yil 26-noyabrgacha mehnat qiladi. Mahkamov ushbu lavozimdagi faoliyati davomida polkovnik va general unvonlariga ega boʻladi.

Mahkamov mehnat faoliyatini 1973-yil yanvar oyida yakunlaydi va nafaqaga chiqadi.

General Bobo Mahkamov 1986-yilda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 67 yoshida vafot etadi[3].

Bobo Mahkamov mehnat faoliyati davomida bir qancha medal va ordenlar bilan taqdirlangan. Jumladan:

  1. „НКВД – МВД Таджикской ССР“. Shieldandsword.mozohin.ru.
  2. „МАХКАМОВ Бобо - ЦентрАзия“. Ccentrasia.org.
  3. „ABCD“ (ru). Memo.ru. Qaraldi: 2019-yil 5-mart.