Blas Pérez
Blas Antonio Miguel Pérez Ortega (talaffuzi: Blas Antonio Migel Peres Ortega; 1981-yil 13-martda Panamada tugʻilgan) — panamalik hujumchi. U Panama terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Blas Antonio Pérez Ortega | ||
Tavallud sanasi | 13-mart 1981-yil | ||
Tavallud joyi | Panama | ||
Boʻyi | 1.87 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1998—2000 | Panamá Viejo | 56 | (37) |
2001—2002 | Árabe Unido | 36 | (10) |
2002 | Nacional | 2 | (0) |
2003 | Envigado | 29 | (6) |
2004 | Centauros | 37 | (29) |
2005—2006 | Deportivo Cali | 54 | (20) |
2006—2007 | Cúcuta Deportivo | 33 | (15) |
2007—2008 | Hércules | 16 | (4) |
2008—2012 | UANL | 31 | (8) |
2009 | → Pachuca (ijara) | 19 | (7) |
Milliy terma jamoa | |||
2001—2018 | Panama | 122 | (42) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Blas Pérez faoliyatini „Panamá Viejo“ futbol klubida boshlagan. 1998-yilda u asosiy jamoada debyut qilgan va jamoa safida 56 oʻyinda 27 ta gol urgan.
Blas Pérez 2007-yil 29-mayda ispaniyaning „Hércules“ futbol klubi oʻtgan va 4 yillik shartnoma imzolagan[1]. Transfer summasi 2,7 million dollarni tashkil qilgan. Blas Pérez Ispaniyada bir mavsum oʻtkazgan va 16 uchrashuvda 4 gol urgan.
2012-yilda Blas Pérez MLS „Dallas“ bilan shartnoma imzolagan[2]. 11-mart kuni „New York Red Bulls“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[3]. 18-mart kuni „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u oʻzining birinchi golini urgan[4].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Blas Pérez Panama terma jamoasidagi debyutini 2001-yilda Gvatemalaga qarshi oʻtkazgan[5]. Oʻsha yilning 6-sentyabr kuni Gvatemalaga qarshi oʻyinda u terma jamoadagi debyut golini kiritgan. 2007-yilda milliy terma jamoa tarkibida u AQShda boʻlib oʻtgan CONCACAF Oltin Kubogiga yoʻl olgan[6]. Turnirda u Gonduras, Kuba, Meksika va AQSh terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7]. Gonduras, amerikaliklar va kubaliklarga qarshi bahslarda Blas Pérez uchta gol urgan[8].
2009-yilda Blas Pérez ikkinchi marta CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[9][10]. Nikaragua, Gvadelupa, Meksika va AQSh jamoalariga qarshi bahsda oʻynagan[11]. Ikki yil oldin boʻlgani kabi, u AQSh, Meksika va Nikaragua darvozasiga uchta gol urgan[12].
2011-yilda u uchinchi marta CONCACAF oltin kubogiga yoʻl olgan va u yerda Gvadelupa, AQSh, Kanada va El Salvador jamoalariga qarshi bahslarda qatnashgan[13][14]. Gvadalupeliklar bilan oʻyinda futbolchi gol urgan[15][16].
2013-yilda u terma jamoaga CONCACAF oltin kubogi finaliga chiqishga yordam bergan[17][18]. Turnirda u Meksika, Martinika, Kanada, AQSH va Kuba terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[19][20][21].
2015-yilda Blas Pérez CONCACAF oltin kubogining bronza medali sohibiga aylangan[22][23]. Gaiti, Gonduras, Trinidad va Tobago va AQSh terma jamoalari bilan boʻlgan oʻyinlarda maydonga tushgan. Amerikaliklarga qarshi bahsda gol urgan[24][25].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mamlakat | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|---|
Panamá Viejo | Panama | 1997—2001 | 56 | 37 |
Árabe Unido | 2001—2002 | 36 | 10 | |
Nacional | Urugvay | 2002 | 2 | 0 |
Envigado F. C. | Kolumbiya | 2003 | 29 | 6 |
Centauros Villavicencio | 2004 | 29 | 29 | |
Deportivo Cali | 2005—2006 | 59 | 22 | |
Cúcuta Deportivo | 2006—2007 | 44 | 23 | |
Hércules | Ispaniya | 2007 | 16 | 4 |
Tigres UANL | Meksika | 2008 | 31 | 8 |
Pachuca | 2009 | 26 | 7 | |
Al Wasl | Birlashgan Arab Amirliklari | 2009 | 8 | 4 |
San Luis | Meksika | 2010 | 18 | 5 |
León | 2010—2011 | 30 | 19 | |
Indios | 2011 | 12 | 3 | |
FC Dallas | AQSh | 2012—2015 | 110 | 42 |
Vancouver Whitecaps | Kanada | 2016 | 27 | 3 |
Árabe Unido | Panama | 2017 | 2 | 2 |
Blooming | Boliviya | 2017 | 10 | 4 |
CSD Municipal | Gvatemala | 2017—2018 | 20 | 5 |
Árabe Unido | Panama | 2018 | 15 | 10 |
Umumiy faoliyatida | 689 | 284 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Blas: A Panamanian trailblazer“. FIFA.com (2007-yil 2-avgust). 2013-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-mart.
- ↑ „Blas Pérez jugará con el FC Dallas“ (es). MedioTiempo (3 de enero de 2012). 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
- ↑ „Даллас VS. Нью-Йорк Ред Буллз 2:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 11-mart). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Даллас VS. Портленд Тимберс 1:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 18-mart). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Мексика VS. Панама 1:0“ (en). soccerway.com (2007-yil 13-iyun). 2015-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Панама VS. Гондурас 3:2“ (en). soccerway.com (2007-yil 8-iyun). 2017-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Панама VS. Кубы 2:2“ (en). soccerway.com (2007-yil 10-iyun). 2017-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „США VS. Панама 2:1“ (en). soccerway.com (2007-yil 16-iyun). 2017-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Панама VS. Никарагуа 4:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 12-iyul). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Мексика VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2009-yil 10-iyul). 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Панама VS. Гваделупа 1:2“ (en). soccerway.com (2009-yil 5-iyul). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „США VS. Панама 2:1“ (en). soccerway.com (2009-yil 19-iyul). 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Панама VS. Гваделупа 3:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 8-iyun). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Панама VS. Сальвадор 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 20-iyun). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Канада VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 15-iyun). 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „США VS. Панама 1:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 12-iyun). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Мексика VS. Панама 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 8-iyul). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Панама VS. Мартиника 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 12-iyul). 2015-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Панама VS. Куба 6:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 20-iyul). 2015-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Панама VS. Канада 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 14-iyul). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „США VS. Панама 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-iyul). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
- ↑ „Панама VS. Гаити 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-iyul). 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
- ↑ „Панама VS. США 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 14-iyul). 2015-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
- ↑ „Гондурас VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
- ↑ „Тринидад и Тобаго VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-iyul). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.