Bizgʻaldoq
Qiyofa
Bizgʻaldoq | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Tetrax tetrax |
Bizgʻaldoq – turnasimonlar turkumi tuvaloqlar oilasiga mansub qush. Ogʻirligi 1 kg gacha, kattaligi tovukdek keladi. Yevropa, Osiyo va Shim. Afrika dashtlarida, baʼzan qumli choʻllarida yashaydi, uyasini ham shu yerlarga quradi. Qishlash uchun kuzda Oʻrta Osiyodan issiq mamlakatlarga uchib ketadi. Qish faslida deyarli sovuq boʻlmaydigan janabiy oʻlkalarda yashaydi. Bizgʻaldoq koʻpincha 3–5, baʼzan 7–8 va, hatto, 11 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumini urgʻochisi bosadi, erkagi esa joʻjalari uchirma boʻlguncha ularni boqishda qatnashadi. Bahor, kuz va qishda oʻtlar, yozda esa hasharotlar bilan oziqlanadi. Goʻshti juda mazali. Soni kamayib ketganligidan bizgʻaldoqni ovlash taqiqlangan. Bir qancha mamlakatlarning Qizil kitobiga kiritilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |