Bissa
Bissa | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Eretmochelus imbrigata |
Bissa, karetta (Eretmochelus imbrigata) — sudralib yuruvchilar sinfi, toshbaqalar turkumi, dengiz toshbaqalari kenja turkumiga mansub ulkan toshbaqa turi. Ikkita kenja turi maʼlum. Biri — Atlantika okeani va Oʻrta dengizda, ikkyanchisi — Tinch va Hind okeanida yashaydi. Kosasining uz. 80—90 sm. Ustki qalqoni toʻq qoʻngʻir boʻlib, sariq, toʻq qizil yoki qizgʻish xolxol va chiziqcha naqshlari bor. Qorin qalqoni sariq. B.lar mollyuskalar, boʻgamoyoklilar, assidiyalar va suv oʻtlari bilan oziqlanadi. Urgʻochisi iyun—sentabrda urchiydi. Faqat koʻpayish davrida suvdan qurukdikka chiqadi va 4 sm cha keladigan 150—200 tacha tuxumlarini kimsasiz orollardagi qumga koʻmib qoʻyadi. Tuxumlaridan 60 kundan soʻng yosh toshbaqalar chiqadi. B. har doim bitta joyga tuxum qoʻyadi. Yosh toshbaqalar kosasini qoplab turgan shoxsimon qalqonchalar bir-birining ustiga cherepitsasimon joylashgan. Voyaga yetgan B.lar kosasining shoxsimon qalqonlaridan qimmatbaho taroqlar, portsigaralar, qutichalar va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Goʻshti va tuxumlari isteʼmol qilinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |