Birinchi muallim. Boʻtakoʻz. Oq kema
Muallif(lar) | Chingiz Aytmatov |
---|---|
Janr(lar)i | qissalar |
Nashr etilgan sanasi | 1986 |
Nashriyot | „Oʻqituvchi“ |
Sahifalar soni | 222 |
„Birinchi muallim. Boʻtakoʻz. Oq kema“ — qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatov qalamiga mansub qissalar toʻplami. Toʻplam 1986-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplamga „Birinchi muallim“, „Boʻtakoʻz“ hamda „Oq kema“ qissalari kiritilgan. Asar rasmlarini V. Slabunov chizgan.
Birinchi muallim
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Birinchi muallim“ qissasi ilk bor 1962-yil chop etilgan. Asarni oʻzbek tiliga Zaynab tarjima qilgan.
Qissada taʼlim-tarbiyaning Qirgʻizistonning olis qishloqlariga yetib borishi haqida soʻz yuritiladi. Rejissor Andrey Konchalovskiy 1965-yil qissa asosida „Birinchi muallim“ filmini suratga olgan.
Boʻtakoʻz
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Boʻtakoʻz “ qissasi ilk bor 1960-yil chop etilgan.
Qissadagi voqeralar katta hayotdan olisdagi kichik choʻlquvarlar kollektivida sodir boʻladi. Asarda hayotni sevuvchi oʻsmir Kamol qoʻpol traktorchi Abubakirga shogird tushadi. Abubakir Kamolning porloq orzu-istaklarini puchga chiqarishga urinadi.
Oq kema
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oq kema“ qissasi ilk bor 1970-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. Asarni oʻzbek tiliga Asil Rashidov tarjima qilgan.
Qissada Issiqkoʻl boʻyida yashovchi yetti yoshli yetim bola haqida hikoya qilinadi. 1975-yil qissa asosida „Qirgʻizfilm kinostudiyasida film suratga olingan. Film SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Birinchi muallim; Boʻtakoʻz; Oq kema“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 4-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]