Kontent qismiga oʻtish

Bezimyanniy sharsharasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Bezimyanniy sharsharasi Aibga togʻining janubiy yonbagʻrida, Bezimyanka daryosining yuqori oqimida joylashgan boʻlib, Aibga qishlogʻidan 4 km shimolda joylashgan. Sharsharaning uchta pogʻonasi orasidagi farq 75 m ni tashkil qiladi. Rossiyaning Krasnodar oʻlkasidagi eng baland sharshara hissoblanadi[1].

Sharshara hududi 1988-yil 26-yanvarda qoʻriqlanadigan hududlar roʻyxatiga kiritilgan.

Bezimyanniy sharsharasi Abxaziya chegarasi yaqinida joylashganligi sababli unga tashrif buyurish uchun maxsus ruxsatnoma yoki Sochi viloyati hududida doimiy yashash uchun ruxsatnoma talab qilinadi[2].

  1. „Водопад Безымянный“ (ru). budetinteresno.info. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
  2. „Водопад Безымянный“ (ru). nicko.ru. 2022-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
  • Samoilenko A. Kuban uchun qoʻllanma
  • Losova S. P. Krasnodar oʻlkasining tabiat yodgorliklari