Kontent qismiga oʻtish

Beshariq

Koordinatalari: 40°26′09″N 70°36′37″E / 40.43583°N 70.61028°E / 40.43583; 70.61028
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Beshariq
shahar
40°26′09″N 70°36′37″E / 40.43583°N 70.61028°E / 40.43583; 70.61028
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Beshariq tumani
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Aholisi
25 700
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 150300
Avtomobil kodi 40
Beshariq xaritada
Beshariq
Beshariq

Beshariq — Fargʻona viloyatidagi shahar (1983-yildan). Beshariq tumani markazi (1958-yilgacha Beshariq qishlogʻi, 1983-yilgacha shaharcha). Fargʻona vodiysining gʻarbida. Fargʻona shahridan 130 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi—Rapqondan 2 km. Katta Fargʻona kanali yaqinida. Aholisi 20 mingdan ziyod (2000). Shaharda momiqfkasi (1906-yildan), paxta tozalash zavodi, hunarmandchilik kombinati, tuman tashkilotlari, „Oʻzqishloqxoʻjaliktexnika“ tuman boʻlimi, traktor taʼmirlash ustaxonasi bor. Beshariq orqali Toshkent—Qoʻqon avtomobil yuli oʻtadi. Beshariqda 5 umumiy taʼlim maktabi, 4 ommaviy kutubxona, 2 klub, madaniyat uyi, 3 kasalxona, poliklinika mavjud (2000).[1]

  1. "{{subst:PAGENAME}}" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil