Beltov balandligi
Beltov balandligi - Orol dengizining jan, Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismidagi qir. Eng baland joyi 142 m, uz. gʻarbdan sharqqa taxminan 60 km, eni 12 km. Maydoni qariyb 720 km². Beltov balandligi ning janubiy va gʻarbiy yon bagirlari tik. chinksimon, qolgan yon bagirlari atrofdagi tekisliklarga astasekin tutashib ketadi. Yuzasi yasen, asosan, shimoliy va sharq tomom pasayib boradi. Doʻnglik, koʻzanakli qum shakllari bilan band. Eol qum shakllari, asosan, shimoliy va shimoli-sharqiy qismlarida uchraydi, qolgan joylarda tub jinslar yuzasi yupqa dslyuvial va prolyuvial shagʻal va qum qatlamlari bilan qoplangan. Oʻsha joylarda yirik va chuqur (20 – 30 m), tik yon bagʻirli, tubi taqirlar bilan band eroziondeflyatsiya botiklari mavjud.
Beltov balandligi niig janubiy va gʻarbiy yon bagʻirlari chuq. 5 – 10 m li quruq soylar bilan oʻyib yuborilgan. Beltov balandligining gʻarbiy yon bagʻrida (Qorateren koʻli sohili) quyi va oʻrta oligotsen kesimining qalinligi 20 – 25 m li yashil rang gildan iborat kismi kurinib qolgan. Beltov balandligining katta kismini yuqori pliotsenning mergelli gil va qumtosh jinsli Qushxonatov svitasi tashkil qiladi. Svitaning usti yuvilgan sariqqoʻngʻir rangli qum bilan qollangan (Dengizkoʻl svitasi). Qishi sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 7,6°; yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 26°. Yiliga oʻrtacha 90 mm yogʻin tushadi. Doimiy oqar suvlar deyarli yoʻq.
Beltov balandligi da boʻzqoʻngʻir, choʻl qumli va taqir tuproqlar keng tarqalgan. Tekisroq yuzalarda shuvoqboyalich guruhi, ayrim joylarda shuvoqbiyurgʻun bilan birga qumli tuproqlarda oqsaksovul, cherkez, iloq, juzgʻun oʻsadi. Shimoliy yon bagʻirlarda sof qumda oʻsuvchi oʻsimlik koʻproq.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |