Kontent qismiga oʻtish

Belarus davlat universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Belarus universiteti, Belarus davlat universiteti — 1921-yil Minsk shahrida tashkil etilgan. Universitet tarkibida biol., geogr., tarix, jurnalistika, mexanika-matematika, amaliy matematika va informatika, radiofizika va elektronika, fizika, falsafa-iqtisod, kimyo, yuridik, xalqaro munosabatlar, xorijiy fuqarolar uchun tayyorlov, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari malakasini oshirish, amaliy matematika va EHM boʻyicha malaka oshirish fakultetlari, shuningdek biznes va texnologiyalar axboroti maxsus fakulteti bor; 14,4 ming talaba oʻqiydi, 121 kafedrada 1410 oʻqituvchi, jumladan 190 professor va fan doktori, 800 dan ortiq dotsent va fan nomzodi ishlaydi. Sirtqi boʻlimi mavjud. 1927-yildan aspirantura, 1988-yildan doktorantura ishlaydi. Universitetda 3 ilmiy tadqiqotlar instituti, nashriyot, hisoblash-axborot va ilmiy-injenerlik markazlari, asosiy kutubxona, 3 muzey, "Hemislitsa" ilmiytajriba xoʻjaligi, "Naroch" biologiya stansiyasi, "Zapadnaya Berezina" ilmini.ch. geografik baza bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil