Kontent qismiga oʻtish

Bekovich-Cherkasskiy harbiy yurishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bekovich-Cherkasskiy harbiy yurishi
Xiva yurishlari
Sanalar 1717-yil
Urush yeri Xiva xonligi
Sabab oltin konlar
Natija xivaliklar g'alabasi
Raqiblar
Rossiya imperiyasi Xiva xonligi
Turkmanlar
Qoʻmondonlar
Pyotr I
Aleksandr Bekovich Cherkasskiy
ataman Basmanov
Shergʻozixon
Kuchlar
Artilleriyaga ega ikkita piyoda askar rotasi
Mayor Frankenbergning 500 sarbozdan iborat dragun eskadroni
500 Greben kazaklari
500 noʻgʻaylar
1,5 ming Yoyiq kazaklari
24 ming askar
Yoʻqotishlar
Barcha askarlar, ulardan faqat bir nechtasigina qochishga muvaffaq boʻlgan Mingga yaqin askar

Xiva yurishi 1717-yilda knyaz Aleksandr Bekovich Cherkasskiy boshchiligida rus qoʻshinlarining Xiva xonligiga qarshi ekspeditsiyasi.

Yurishga tayyorgarlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yurishga turkman zodagonlari boʻlgan Xoʻja Nafasning Amudaryoda katta oltin konlarti mavjudligi va xivaliklar buni yashirish uchun daryo oqimini Orol dengiziga burish uchun maxsus toʻgʻondan foydalanganligi haqidagi hikoyasi sabab boʻlgan.

1714-yil 2-iyunda Pyotr I „Preobrajenskiy polkini kapitan leytenant knyaz Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyga Amudaryo mansabidagi oltin manbasini topish uchun yuborish toʻgʻrisidagi“ farmonini chiqaradi. Bu davrga kelib Rossiyada Oʻrta Osiyo davlatlari, mintaqa geografiyasi, Hindistonga borish yoʻllari haqidagi maʼlumotlar nihoyatda tarqoq va kam boʻlgan.

1716-yil 14-fevralda Pyotr I Bekovichga shaxsan oʻzi yozgan quyidagi koʻrsatmalarni topshirgan:

1. Amudaryoning avvalgi oqimini oʻrganish va iloji boʻlsa, uni eski oʻzaniga qaytarish;

2. Xiva xonini vassalikka koʻndirish;

3. Xivaga boradigan yoʻlda va ayniqsa, Amudaryoning quyilish qismida zarur joylarda qal’alar qurish;

4. U yerda imperiya mavqeini mustahkamlab, Buxoro xoni bilan munosabatga kirishib, uni ham vassalikka koʻndirish;

5. Leytenant Kojinni savdogar niqobi ostida Xivadan Hindistonga savdo yoʻli qurish uchun, yana bir mohir ofitserni esa Yorkendga oltin rudalarini qidirish uchun yuborish.

Bekovichga 4000 ta muntazam askar, 2000 ta Yoyiq va Greben kazaklari va 100 ta dragun berilgan; bundan tashqari, ekspeditsiya tarkibiga bir nechta dengiz zobitlari, 2 muhandis va 2 savdogar kiritilgan.

1716-yilning koʻp qismi Astraxanda olib borilgan tayyorgarlik ishlariga sarflangan. Bekovich 1715-yilda bu yerga kelib, dengiz qirgʻoqlarini oʻrgangan; natijada u tuzgan Kaspiy dengizining birinchi xaritasi boʻlgan, shu sababdan gvardiya kapitanligiga koʻtarilgan.

1716-yil sentyabrda Bekovich Astraxandan Kaspiy dengiziga yoʻl olgan va Tupqaragʻan burni, Aleksandrovskiy koʻrfazi va Krasniye vodi traktida toʻxtagan; qal’alar qurish uchun hamma joyda otryadlar qoldirilgan. Krasniye vodi traktida Bekovich Amudaryoning sobiq oʻzanini topishga umid qilgan, bu erdan Xivaga ikki elchi yuborgan (ular qaytib kelmagan) va oʻzi Astraxanga qaytib ketgan.

Voqealar rivoji

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Astraxanni bahorda tark etib (aprel oʻrtalaridan oldin) Bekovich Guryevga joʻnaydi. Iyun oyida otryad Guryevdan Xivaga yoʻl olgan. Otryad Guryevdan Emba daryosigacha boʻlgan yoʻlni 10 kun ichida bosib oʻtgan[1][2].

Ekspeditsiyaning beshinchi kuni imperator Pyotrdan Fors orqali Hindistonga „fors tilini yaxshi biladigan, savdo va oltin qazib olish usullarini oʻrganish uchun ishonchli odamni“ yuborish haqida buyruq olgan. Bekovich murza, mayor Tevkelevni yuborgan, lekin u Astrobotda hibsga olingan (uzoq vaqtdan soʻng, Rossiyaning Fors sudidagi elchisi Volinskiyning vositachiligi tufayli ozod qilingan).

Tevkelev ketganidan keyin Bekovich bir oyga yaqin yoʻlini davom ettirgan. U Irket (Ustyurt) togʻlaridan oʻtib, 1717-yil 15-avgustda Amudaryoning quyilish joyiga yetib boradi. Xivaga 120 chaqirimdan ortigʻ yoʻl qolgan.

Bu yerda ularni Xiva xoni Sherg‘ozixon 24 minglik qoʻshin bilan kutib olgan. Uch kunlik jangdan soʻng xivalik otliq qoʻshinlar ortga quvilganlar va endi Xiva tomon harakatlanishiga toʻsqinlik qila olmaganlar. Kazaklar va askarlardan oʻndan ortiq odam oʻldirilmagan, ammo mingga yaqin xivaliklar, qozoqlar va turkmanlar oʻldirilgan. Keyin xon tinchlik taklifi va Bekovichga Xivaga taklifnoma bilan elchilar yuboradi. yakuniy muzokaralar uchun.

Bekovich 500 kishilik otryad bilan yetib kelgan va qolgan qoʻshinni mayor Frankenbergga topshirgan. Shu bilan birga, xon Bekovichni xivaliklar kelgan barcha rus qoʻshinlarini boqishi uchun ularni besh xil shaharda otryadlarga boʻlib joylashtirish kerakligiga ishontira boshladi. Bekovich taklifga rozi boʻlib, ikki bora bu shartni bajarishdan bosh tortgan Frankenbergni butun qoʻshinni 5 ta otryadga boʻlib, koʻrsatilgan shaharlarga yuborishga majbur qilgan. Otryadlar Xivadan ancha uzoqqa ketgach, xivaliklar toʻsatdan Bekovich otryadiga hujum qilib, uni yoʻq qiganlar. Bekovichning oʻzi Porsu shahrida (Xivadan 108 chaqirim shimoli-gʻarbda) ziyofat paytida xanjar bilan jarohatlangan. Ular qolgan qoʻshinlar ham shu alfozda mahf etilgan, ulardan juda oz qismigina qochishga muvaffaq boʻlgan. Shu bilan birga, Bekovichning terisiga somon tiqilib, Xiva darvozasiga osilgan[3].

Keyingi voqealar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xiva xoni Bekovichning kallasini Buxoro xoniga hadya qilib yuboradi[4]. Kampaniyaning muvaffaqiyatsizligini eshitib, 1718-yilda Krasnovodsk garnizoni dengiz orqali evakuatsiya qilingan, biroq askarlarning bir qismi qaytib ketayotib, kema halokati vaqtida halok boʻlgan. 97 kishi qochib qutulib, ittifoqdosh qozoqlar yordamida Astraxanga joʻnatilgan.

1740-yil oxirida Eron (Fors) podshosi Nodirshoh Xivani egallab, bu yerda yotgan rus asirlarini ozod qilib, ularga Rossiyaga qaytish uchun pul va otlar bergan.

Bekovichning otryadiga toʻgʻridan-toʻgʻri turkmanlar dan boʻlgan yovmut qabilasi hujum qilgan deb ishonilgan. 1873-yilda Turkiston oʻlkasi general-gubernatori Konstantin Kaufman general-mayor Nikolay Golovachyovga Rossiya fuqaroligini qabul qilishdan bosh tortgan va ularning askarlarini yoʻq qilgan qabilaga qarshi jazo reyd oʻtkazishni buyurgach, Rossiya imperiyasidagi jamoatchilik bu voqeani Bekovich uchun qasos sifatida qabul qilgan[5]. Boshqa bir versiyaga koʻra, jazo reydlari Mangʻit shahrini vayron qilgan Nikolay Veryovkin otryadi tomonidan oʻtkazilgan[6].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Посол Петра 1 на Востоке. Посольство Флорио Беневени в Персию и Бухару в 1718-1725 гг., М., 1986.
  1. Бекович // Harbiy ensiklopediya / V. F. Novitskiy … [va b.]. — 1911—1915.
  2. Бурштейн Е. Ф.: «Песошное золото» в России: путешествие Матвея Снегирева в 1790 году. — журнал «Природа» № 6, 2012
  3. Джон Баддели. Завоевание Кавказа русскими. 1720-1860. — М., 2021. — гл. 1
  4. Российский исторический иллюстрированный журнал «Родина», № 7 за 2004 год
  5. Широкорад А. Б. Россия — Англия: неизвестная война 1857—1907. — М., 2002. — С. 145.
  6. Воен. Сборн. 1887 г. № 10, C.145