Begishevo aeroporti
Begishevo aeroporti Бегишево Халыкара Аэропорты Международный Аэропорт Бегишево | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: NBC – ICAO kodi: UWKE | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Operator | Begishevo aeroporti OAJ | ||
Xizmat doirasi | Nijnekamsk, Naberejniye chelni, Alabuga | ||
Joylashuvi | Nijnekamsk, Tatariston, Rossiya | ||
Dengiz sathidan balandligi | 643 ft / 196 m | ||
Koordinatalari | 55°33′48″N 052°5′42″E / 55.56333°N 52.09500°E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
04/22 | 8 166 | 2 489 | Asfalt |
Maʻlumotlar (2018) | |||
Yoʻlovchilar soni | 777 263 | ||
Manba: Rossiya Federal havo transporti agentligi[1] |
Begishevo aeroporti (tatarcha: Бегишево Халыкара Аэропорты, ruscha: Аэропорт Бегишево) (IATA: NBC, ICAO: UWKE) – Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Nijnekamsk shahriga xizmat koʻrsatuvchi aeroport. Nijnekamskdan 19 km sharqda joylashgan. Juda ulkan aproni, bir nechta angari va binolari mavjud.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Begishevo aeroporti qurilishi 1970-yilda Nijnekamskneftexim tashabbusi bilan boshlangan. Birinchi texnik parvoz 1971-yil 25-dekabrda An-24 samolyotida amalga oshirildi. Tatariston (Qozon, Chistopol, Muslyumovo, Aktanish, Alabuga) boʻylab muntazam parvozlar 1972-yilda boshlangan. Keyingi bir necha yil ichida Begishevo aeroporti va Rossiyaning Yevropa qismi, Ukraina va Gruziyaning asosiy shaharlari bilan aloqa oʻrnatdi. Aeroport 1998-yilda xalqaro maqomga ega boʻldi. 2008-yilda Tatarstan Airlines aviakompaniyasidan „Begishevo aeroporti“ OAJ sifatida mustaqil boʻldi[2]. Uning 99,95% aksiyasi KAMAZ OAJga tegishli (2011-yil 30-iyun holatiga koʻra)[3].
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Aeroflot | Moskva–Sheremetyevo |
azimuth | Mineralnye Vodi, Nijnevartovsk |
Corendon Airlines | Mavsumiy charter: Antaliya |
Nordwind Airlines | Sochi |
Pobeda | Moskva–Sheremetyevo, Sankt-Peterburg Mavsumiy: Sochi[4] |
Red Wings Airlines | Noviy Urengoy[5] |
Rossiya Airlines | Moskva–Sheremetyevo |
UVT Aero | Toshkent[6], Tobolsk |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Объемы перевозок через аэропорты России“ [Transportation volumes at Russian airports] (ru). www.favt.ru. Federal Air Transport Agency. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
- ↑ History of Begishevo Airport[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Quarterly Report of the Company“. 2012-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-iyul.
- ↑ „Рейсы в Сочи станут круглогодичными“. nbc.aero. Аэропорт Бегишево. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
- ↑ Зайнуллина, Юлия. „Из "Бегишево" возобновляются регулярные рейсы в Новый Уренгой“ (ru-RU). Новости г. Набережные Челны. «Челнинские известия», официальный сайт газеты. (2023-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 19-dekabr.
- ↑ „Из «Бегишево» запустят прямые рейсы в Ташкент – Регионы“ (ru-RU). KazanFirst (2024-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.