Baxtiyor Ixtiyorov
Baxtiyor Ixtiyorov | |
---|---|
Tavalludi |
Baxtiyor Axmedovich Ixtiyorov 28-mart 1940-yil Buxoro, Oʻzbekiston |
Vafoti |
21-noyabr 2021-yil (81 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 1964-2021 |
Mukofotlari |
Baxtiyor Axmedovich Ixtiyorov (28-mart 1940-yil – 21-noyabr 2021-yil) – Buxoro shahrining Tabibon mahallasida zamonasining fozil kishilaridan Mulla Ixtiyori Xushxatning farzandi, sanʼatkor Ahmad Muxtorovich Ixtiyorov oilasida tavallud topdi. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). 1958-yilda Buxoro shahrida maktabni tugallagan. Shoir va dramaturg Omon Muxtor bilan sinfdosh boʻlgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining musiqali drama fakultetini tugatgan (1963). Muqimiy teatrida aktyor va rejissor (1959-1976), bosh rejissor (1980-1988), 1976—1980-yillar A. Hidoyatov nomidagi teatrda, 1988—1991-yillar Satira teatrida bosh rejissor, aktyor (1991-yildan shu teatrda aktyor, rejissor).
Eng yaxshi rollari: Asad („Oltin qidiruvchilar“), Koʻsadov („Ravshan va Zulxumor“), Asad („Kimga toʻy, kimga aza“), Abubakr („Jon qizlar“), Tohir („Ishqing bilan“), Parvoz („Ajab savdolar“).
Kinodagi yirik rollari: Hasan („Ajoyib xayolparast“), Baxtiyor („Choʻl usti osmon“), Baxtiyor („Yor-yor“), Qoʻgʻirchoqboz („Oʻtgan kunlar“), Hofiz („Nodirabegim“), Yettinchi jin („Yettinchi jin“), Suhrob („Abu Rayhon Beruniy“).
Rejissor sifatida „Ezop“ (G. Figeyredu), „Yolgʻonchi darkor“ (D. Psatas), „Jumagul“ (T. Qaipberganov), „Jonim fido“ (I. Rahim), „Kimga toʻy, kimga aza“ (N. Safarov), „Xotinimning eri“ (G. Xugayev va K. Pliyev), „Otasining qizi“ (Isfandiyor), „Soʻnggi oʻq“ (Oʻ. Umarbekov), „Aka-uka sovchilar“ (R. Muhammadjonov), „Layli va Majnun“ (A. Navoiy), „Tohir va Zuhra“ (S. Abdulla) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.
Ixtiyorov komik aktyor boʻlib, obraz yaratishda ifoda vositalarini tezkorlik bilan kengaytirish, voqeaning ijtimoiy mohiyatini, oʻz sanʼati jihatlarining hajviy tomonlarini chuqurlashtirish, boʻrttirib koʻrsatish qobiliyatiga ega. Uning hajvlari kuldiribgina qolmay, balki kulgu ortiga yashiringan dardi kishini oʻylashga majbur etadi. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999)[1].[2]
Ixtiyorov 2021-yil 21-noyabrda Toshkent shahrida 81 yoshida vafot etdi.[3][4]
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mulla Ixtiyori Xushxat – bobosi
- Ahmad Muxtorovich Ixtiyorov – otasi, bastakor va dirijor
- Maryam Ixtiyorova – sobiq turmush oʻrtogʻiref>Maryam Ixtiyorova oʻgʻlining oʻlimi sababini, Baxtiyor Ixtiyorov bilan nega ajrashganini gapirdi</ref>[5]
- Xumora Ixtiyorova Baxtiyorovna – qizi
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yor-yor (1964)[6]
- Sayyod qoʻngʻirogʻi (1966)
- Oʻtgaan kunlar (1969)
- Shijoat (1971)
- Uchrashuv (1971)
- Shiddat (1971)
- Yettinchi oʻq (1972)
- Ajoyib hayolparast (1977)[7]
- Abu Rayhon Beruniy (1974)
- Yettinchi Jin (1976)
- Shum bola (1977)
- Olovli yoʻllar (1979)
- Afsonaviy qiz (1980)
- Jimjitlik kodeksi 2: Qora baliq izidan (1994)
- Sevgi fazosi (2005)
- Kichkina odamlar (2008)
- Kaminaning oilasi (2008)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat
- ↑ „Oʻzbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov vafot etdi“. Kun.uz (2021-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ Oʻzbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi
- ↑ Maryam Ixtiyorova Biografiyasi
- ↑ Baxtiyor Ixtiyorov. Filmografiya
- ↑ „БАХТИЁР ИХТИЯРОВ“ (Ruscha). kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.