Kontent qismiga oʻtish

Batial

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Batial (yunoncha bathys — chuqur), batial zona — Dunyo okeaninin sublitoral va abissal (chuqur) qismlari oraligidagi zona (chuqurligi 200 m dan 3000 m gacha). Geomorfologik jihatdan materik yon bagʻri zonasiga toʻgʻri keladi. Okean maydonining 1/5 qismini Batial egʻallaydi. Batialda okean tubi relyefi juda notekis; suv temperaturasi va shoʻrligi yil davomida deyarli oʻzgarmaydi. Chuqur suv ostida yashashga moslashgan baliqlar, mollyuskalar va boshqa jonivorlar uchraydi. Organizmlar orasida hayvonlar koʻproq. Yorugʻlik kam boʻlganidan oʻsimlik juda oz (qarang Batial yotqiziqlar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil