Banichur
Banichur | |
---|---|
Tugʻilishi |
VIII asr Soʻgʻd |
Vafoti |
VIII asr oxiri Toxariston |
Otasi | Gʻurak |
Dini | zardushtiylik |
Banichur yoki Bag-chur – asli turkiy boʻlgan soʻgʻd shahzodasi, Soʻgʻd ixshidining hokimi (Samarqand viloyati Maymurgʻ). Keyinroq Toxaristonda arablarning hokimi boʻlgan. Banichuriylar sulolasining asoschisi[1].
Kelib chiqishi va avlodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Banichur Soʻgʻd ixshidi Gʻurakning ikkinchi oʻgʻli va Soʻgʻd ixshidi Turgʻorning ukasi edi[2].
Tarixchi Nasafiyning asarida Soʻgʻd podshosi Gʻurak avlodlarining 9 avlodi haqida maʼlumotlar topilgan. Banichur (Bag-chur) avlodlarining nasabnomasi ularning hammasi turkiy boʻlganligini koʻrsatadi. Maʼlumki, Turk xoqonligi davrida soʻgʻd zodagonlari eng yuqori turkiy ierarxiyaning bir qismiga aylangan va buning natijasida soʻgʻdlar va turklar oʻrtasida yaqin etnik-madaniy yaqinlashuv mavjud boʻlib, bu katta ahamiyat kasb etgan. Aralash nikohlar soni nafaqat turkiy zodagon vakillari orasida, balki oddiy xalq orasida ham rivojlangan[2] .
Ilk musulmon numizmatikasi maʼlumotlari va ilmiy adabiyotlardagi yozma manbalardan shartli ravishda Banichuriylar yoki Abu Dovudiylar deb ataladigan turkiy hukmdorlar sulolasi maʼlum boʻlib, ularning koʻplab vakillari IX asr davomida Shimoliy va Janubiy Sharqning turli shahar va tumanlarida hukmronlik qilganlar. Jumladan, Toxaristonda ham. Bu sulolaning ajdodi Banichur xalifalar al-Mansur va al-Mahdiylarning zamondoshlari hisoblanadi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, u aslida Bagʻchur ismini olgan va Soʻgʻd podshosi Gʻurakning yagona oʻgli boʻlgan. Numizmatik manbalar 6—7-asrlarda Soʻgʻd va Toxariston hukmdorlari sulolalari oʻrtasida oilaviy aloqalar mavjudligini koʻrsatadi[2].
Arablar 812-813-yilda Soʻgʻddagi ixshid hokimiyatini tugatib, uning oʻrniga Toxaristonlik qarindoshi (jiyani) Dovud ibn Banichurni (Bag-chur) tayinlaydilar[2].
Ismi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Banichur Xitoy manbalarida Mo-chjuo nomi bilan tilga olinadi. Xitoy tilida bu nom Mochur sifatida qayta tiklangan. Shuningdek, uning ismi runik yozuvlarda va tibet hujjatlarida qayd etilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xitoy manbalarining yozishicha, 731-yilda Gʻurak oʻz oʻgʻli Mo-chjoga (Banichur) Samarqand viloyatidagi Maymurgʻ tumanini beradi. Bu manbalarda 713-744 yillarda hukmdor Maymurgʻdan Xitoy saroyiga sovgʻalar bilan koʻplab elchilar joʻnatgani qayd etilgan. 744-yilda Mo-cho (Banichur) va uning rafiqasi Katun faxriy unvonlarga sazovor boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ЗНАЧИТЕЛЬНОСТЬ КЛАДА КУЛЯБА В ИССЛЕДОВАНИИ ИСТОРИИ БАНИДЖУРИЁН“. www.cyberleninka.ru. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Камолиддин 2003.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Камолиддин Ш. С. Новые данные о потомках царя Согда Гурака // Общественные науки в Узбекистане. — 2003. — № 3.
- Центральная Азия от Ахеменидов до Тимуридов: археология, история, этнология, культура. — СПб. : ИИМК РАН, 2005. — 406 p. — ISBN 5-2010-1233-7.