Kontent qismiga oʻtish

Balandlik koordinatasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balandlik koordinatasi, mutlaq balandlik – geodeziyada yer sirtidagi nuqtalarning asos (boshlangʻich) deb qabul qilingan dengiz sathiga nisbatan balandligi (yoki mutlaq belgi). Nivelirlash yoʻli bilan aniqlanadi. Oʻzbekistonda Boltiq dengizining oʻrtacha sathi (Kronshtadt fut-shtogining noli)ga nisbatan hisoblanadi. Masalan, Toshkent shahrining dengiz sathidan eng baland joyi 515 m boʻlib, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi „Traktor“ avtostansiyasi yaqinida, eng past joyi (380 m) Sergeli tumanida, Chirchiq daryosi sohilida[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil