Balandlik kasalligi
Balandlik kasalligi – organizmning kasallik holati; siyrak havoli joylarda nafas olinganda roʻy berib, bunga asosan qonda kislorod yetishmasligi (gipoksiya) sabab boʻladi. Juda baland yerlarga koʻtarilganda kuzatiladi. Balandlik kasalligiga ayrim aʼzolarning, xususan markaziy nerv sistemasining izdan chiqishi sabab boʻladi. Balandlik kasalligi bir zumda roʻy berib, nafas qisishi, yurak oʻynashi, bosh aylanishi, ogʻrishi, koʻngil aynishi, qayt qilish, burun qonashi va boshqa ruhiy oʻzgarishlar, shuningdek ogʻirroq hollarda hushdan ketish mumkin. Balandlik kasalligi togʻ kasalligidan farq qiladi.
Davosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bemorni balandlikdan tushirib, tinch qoʻyiladi, yurak dorilari, issiq choy, kofe, zaruriyat boʻlsa kislorod beriladi. Balandlik kasalligi ning oldini olishda yuqoriga koʻtarilishni mashq qilish, kislorodli asboblardan foydalanish, eng muhimi iqlimga moslashish lozim.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |