Kontent qismiga oʻtish

Baker streetdagi talonchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Diagram showing Le Sac two doors away from Lloyds Bank, and the approximate path of the tunnel between the two
Oʻgʻrilar omborga kirib kelgan yoʻl

Baker streetdagi talonchilik 1971-yil 11-sentabrga oʻtar kechasi Londondagi Lloyds Bankning Baker street filialidagi seyflarni oʻgʻrilash voqeasi. Jinoiy guruh ikki eshik narida ijaraga olingan doʻkondan 40 fut (12 m) uzunlikda tunnel qazib, ombor ostidan kira olishdi. Oʻgʻrilangan mol-mulkning qiymati nomaʼlum, ammo ehtimollik 1,25 million funtdan 3 million funt sterlinggacha boʻlgan[izoh 1]. Politsiya atigi 231 ming funt sterling topa olgan[izoh 2].

Oʻgʻrilikni Arthur Conan Doylening „Qizil boshlilar ligasi“ qissasidan ilhomlangan jinoyatchi Entoni Gevin rejalashtirgan. Unda Sherlock Holmes bank kassasiga tunnel orqali kirgan jinoiy guruhni fosh qilishi tasvirlangan. Gavin va sheriklari bankdan ikki eshik narida joylashgan Le Sac charm buyumlar doʻkonini ijaraga olib, dam olish kunlari tunnel kovlashgan. Toʻdaning bir aʼzosi mebel oʻlchamlari va joylashish oʻrnini oʻlchash uchun soyabon va qoʻllarining kengligidan foydalanib, omborning ichki qismini chizgan. Guruh dastlab domkrat yordamida omborxonada teshik ochishga harakat qilib, bu usul muvaffaqiyatsizlikka uchragach termik nayzadan foydalanishgan. Bu usul ham ish bermagach, ular portlatish uchun gelignitdan foydalanishgan. Ichkariga kirgan oʻgʻrilar 268 ta seyf qutisini boʻshatishgan. Guruh yaqin atrofdagi uyda kuzatuvchi qoldirishgan. U ratsiya orqali aloqada boʻlgan. Oʻgʻrilarning gaplarini radio havaskor Robert Roullands tasodifan eshitib qolgan. Robert politsiyaga qoʻngʻiroq qilgan. Politsiya avvaliga murojaatni jiddiy qabul qilmagan. Shuning uchun Robert oʻgʻrilarning suhbatlarini kichik kassetaga yozib olgan. Ikkinchi marta politsiyaga murojaat qilganida, ular murojaatni qabul qilishib, oʻgʻrilarni tutish uchun harakat boshladilar. Politsiya 8-milya (13 km) radiusdagi 750 ta nuqtani tintuv qilsa-da, jinoiy guruhni topa olmadi.

Politsiya jinoiy guruh aʼzolarini bosqindan soʻng tezda topdi. Oʻgʻrilardan biri Benjamin Wolfe oʻz nomidan Le Sac uchun ijara shartnomasini imzolagan va informatorlar Gavinga olib boradigan maʼlumotlarni taqdim etgan. 1971-yil oktyabr oyining oxirida politsiya Wolfe, Gavin, Reg Tucker va Thomas Stephensni hibsga oldi. Politsiya besh yil davomida jinoiy guruhning boshqa aʼzolari, jumladan bir ayolni qidirishda davom etdi, ammo boshqa hibsga olish kuzatilmadi. Gavin, Tucker va Stephens oʻn ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Wolfe 60 yoshga kirgani uchun boshqalarga qaraganda kamroq, yaʼni sakkiz yillik qamoq jazosi oldi.

  1. 2024-yilda 1971-yilgi £1.25 million taxminan £18 797 000ga va £3 million taxminan £45 112 000ga teng. Hisob kitoblar Isteʼmol narxlari indeksining inflyatsiya koʻrsatkichlariga asosan olingan[1].
  2. 2024-yilda 1971-yilgi £231,000 taxminan £3 474 000ga teng. Hisob kitoblar Isteʼmol narxlari indeksining inflyatsiya koʻrsatkichlariga asosan olingan[1].
  1. 1,0 1,1 Clark 2018.