Baade Uolter
Qiyofa
Baade Uolter (1893-yil 24-mart, Shryottingxauzen, Germaniya – 1960-yil 25-iyun, Gyottingen) – nemis ast-ronomi. 1931—1958 yillarda AQShda yashagan. Andromeda galaktikasi yadrosi va unga tegishli 2 yorqin yoʻldoshning yulduz tabiatini, galaktikalarda yulduzlar toʻdasining ikki tipi mavjudligini kashf etgan. Oʻzgaruvchan va oʻta yangi yulduzlarni tadqiq qilgan, Gidalgo va Ikar asteroidlarini ochgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |