Kontent qismiga oʻtish

Aziza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aziza Abdurahimovna Muhamedova
Aziza
Tavalludi 10-aprel 1964-yil
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekistonRossiya
Kasbi estrada xonandasi va qoʻshiqchisi
Faoliyat yillari 1980-yildan

Aziza Abdurahimovna Muhamedova ( 1964-yil 10-aprelda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR ) — sovet, oʻzbek va rus estrada xonandasi va qoʻshiqchisi.

Dastlabki yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aziza Muhamedova 1964-yil 10-aprelda Oʻzbekiston SSR poytaxti — Toshkent shahrida professional musiqachilar oilasida dunyoga keladi. Otasi — Abdurahim Muhamedov (1923—1980-yil 10-iyul), bastakor, O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist (1975), Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, yarmi oʻzbek, yarmi uygʻur, novvoylar oilasidan chiqqan. Aziza o‘n besh yoshga to‘lganda otasi vafot etadi. Onasi — Rafiqa Axmetshevna Muhamedova (qizlik familiyasi Haydarova; 1924-yil 31-dekabr2015-yil 22-noyabr ), asli Ulyanovsk viloyati Qadimgi Kulat qishlog‘idan, tatar, Davlat akademik xorining yakkaxoni bo‘ladi. O‘zbekiston SSR musiqa maktabida dars beradi hamda dirijyorlik qiladi. Aziza Muhamedova uch opa-singilning eng kenjasi sanaladi.

Aziza o‘n olti yoshidan Toshkentdagi “Sado” vokal-cholg‘u ansamblida yakkaxon sifatida tanila boradi.

U 1988-yilda Toshkent konservatoriyasini tugatgandan so‘ng xonanda Yurmalada (Latviya SSR) bo‘lib o‘tgan Sovet estrada qo‘shiqlarini yosh ijrochilarning uchinchi Butunittifoq televizion tanloviga yuboriladi va u yuqori o‘rinni qo‘lga kiritolmagan bo‘lsa ham[1], tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ladi.

Ijro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

A.Muhamedova 1989-yilda Toshkentdan Moskvaga keladi va u yerda yakkaxon ijrochi sifatida tanila boshlaydi. Uning “Tabassuming” deb nomlangan qo‘shig‘i uni mashhurlikka yetaklaydi. Shu yilning o‘zida u Aziza" debyut albomini chiqardi.

1991-yilda Sankt-Peterburgdagi konsertida Azizaning tansoqchisi Igor Malaxov Igor Talkovning qo‘riqchilari bilan mushtlashib ketadi, oqibatda to‘satdan xayolini ko‘chasiga kirmagan vaziyat yuz berib, xonanda Igor Talkovning hayoti fojeali tarzda yakunlanadi. Shundan keyin Aziza musiqadan tamoman voz kechadi. Xonandani ta’qib qilish boshlashadi, telekanallar unga boykot e’lon qilishadi, uni suratga olish maydonlariga chaqirmay qo‘yishadi, shou-biznes vakillari undan yuz o‘gira boshlashadi, tadbirlarga taklif qilmay qo‘yishadi. Xonandani faqat Iosif Kobzon, Alla Pugacheva, Ilya Reznik va Irina Ponarovskaya qo‘llab-quvvatlab turishadi [2] .

Aziza 1993-yilda "Sening muhabbating ila" qo‘shig‘i bilan (A.Ivanov — A.Devyatkin) Rossiya televideniyesi "Yil qo‘shig‘i" festivalining final bosqichiga chiqadi.  

1995-yilda u yangi qo‘shiqlar bilan yana sahnaga qaytadi va 1997-yilda uning yangi "Barchasi yoki hechbiri” albomi chiqadi.  

1999-yilda qo‘shiqchi Stas Namin bilan ijod qila boshlaydi. Natijada uning repertuarida sharqona musiqa taʼsirida pop-rok qo‘shiqlari paydo bo‘ladi.  

2006-yilda u kichik Igor Talkov bilan birgalikda "Bu dunyo" qo‘shig‘ini ijro etadi.

2007-yilda Aziza "Ты — суперстар!" televizion musiqa tanlovida ishtirok etib, NTV kanalida va barcha nominasiyalarda mutlaq g‘olibi bo‘ladi va 2008-yilda u “Mulohaza” deb nom olgan o‘zi yozgan aksariyat qo‘shiqlari albomini chiqaradi. Albom prodyuseri esa Vyacheslav Voron bo‘ladi.

2015-yilda u Birinchi kanalda "Точь-в-точь" ajoyib teleshouning ikkinchi mavsumi g‘olib bo‘ladi.

2015-yil 6-oktabr sanasida u Sochi shahrida o‘tkazilgan “Новая волна” 14-xalqaro yosh ijrochilar tanlovining gala-konsertida “Tushunmaslik osonroq” qo‘shig‘i bilan ishtirok etadi.  

2016-yil sentyabr oyidan boshlab u “Точь-в-точь” shouning supermavsumi ishtirokchisiga aylanadi.

2021-yilda — “Маска” shousida u pingvin qiyofasida Mask shousining 2-mavsumi namoyon bo‘ladi. Shouning to‘rtinchi finalida tomoshabinlarning ovoziga ko‘ra, u niqob yechish nominasiyaga tushib qoladi, keyin hakamlar hay’ati qarori bilan u niqobni yechadi. Aziza tezda shouni tark etganidan juda hafsalasi pir bo‘ladi, garchi shou qoidasiga ko‘ra u final qo‘shig‘ini niqobsiz ijro etishi kerak edi.