Ayyub alayhis-salom
![]() | Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
![]() | Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
![]() | Bu 1 oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. (juda) |
![]() | Ushbu sahifani Islomda Ayyub bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Ayyub (alayhissalom)[1] – Qurʼonda nomi zikr qilingan paygʻambarlardan biri. Ayyub (alayhissalom)ning to'liq ismlari Ayyub ibn Amvos ibn Zorih ibn al-Iys ibn Ishoq ibn Ibrohimdir. Ayyub (alayhissalom) Qurʼon karimda toʻrt oʻrinda zikr etilgan: Niso surasi 163-oyat, Anʻom surasi 84-oyat, Anbiyo surasi 83-oyat va Sod surasi 41-oyatlarda. Ayyub alayhissalom Muso (alayhissalom)dan ilgari yashab oʻtganligi rivoyat qilingan. Biroq baʼzi rivoyatlarda Ibrohim paygʻambar (alayhissalom)dan yuz yil ilgari yashagan deyiladi.
Shaxsiy maʼlumotlar | |
---|---|
Kasb-hunari: | Nabiy, Voiz |
Millati: | Rumlik |
Tugʻilgan yillari: | mil.avv. 16-asr (taxminiy) |
Vafot etishi: | mil.avv. 15-asr (taxminiy) |
Dafn etilgan joyi: | Ayyub (a.s) qabrlari[2] |
Yashagan umri: | 93 yil |
Otalari: | Iysu |
Onalari: | Lut (a.s)ning qizi |
Turmush oʻrtogʻi: | Rahima |
Ayyub (a.s) hayotlari[3]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayyub alayhissalom paygʻambar Yaʼqub (a.s.)ning akalari Iysuning zurriyotidan boʻlib, nasablari Ayyub ibn Maʼsub ibn Ravoh ibn Rum ibn Iysu ibn Ishoqdirlar. Iysuning xotini Ismoil (a.s.)ning qizlari ekanligi avvalda aytib oʻtildi. Ayyub (a.s.)ning xotinlari Rahima (Baʼzi olimlar Ayyub (a.s)ning xotini Layya binti Yaʼqub edi deydilar) binti Afrosim ibn Yusuf esa Yusuf (a.s.)ning nabiralari edi. Tarixchilarning ta’kidlashlaricha, Ayyub (alayhissalom) 93 yoshlarida bu dunyoni tark etganlar. U zotning 26 ta o‘g‘illari bo‘lgan. O‘shalardan birining ismi Bishran bo‘lib, u Qur’oni Karimda zikri kelgan Zul Kifl alayhissalomdir.
«Va Biz unga Is'hoqni va Ya’qubni berdik. Barchalarini hidoyat qildik. Bundan oldin Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Va uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso, Horunni ham (hidoyat qildik). Chiroyli amal qiluvchilarni ana shunday mukofotlarmiz» (Anʼom surasi, 84-oyat).
Baʼzi „ahli kitoblar“ning fikricha, "Ayyub (a.s.)ning onalari Lut paygʻambar (a.s)ning qizlari degan holda, otalari Ibrohim (a.s) zurriyotidan emas, balki Ibrohim (a.s) olovdan omon chiqqanligini koʻrib imonga kelgan kishilardan biri edi" deydilar. Holbuki, Ayyub (a.s.) Ibrohim (a.s.)ning zurriyotlaridan ekanligini Qur’on oyatlari tasdiqlab turibdi.
«Va Ayyubning O‘z Robbiga nido qilib: «Albatta, meni zarar tutdi. Sen rahmlilarning rahmlisisan!» – deganini esla. Bas, unga ijobat qildik. Undagi zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. O‘z huzurimizdan rahmat va obidlarga eslatma o‘laroq.» (Anbiyo surasi, 83 va 84-oyatlar)
Ayyub (a.s.)ning yashagan joylari Rum yeri (Shom) boʻlib, juda farovon yashardilar. Allohning payg‘ambari Ayyub (alayhissalom)ga juda katta zarar yetgani ma’lum. Lekin o‘sha zararning aynan nomini Qur’oni Karim aniq aytmaydi. Ushbu oyatda ham Ayyub (alayhissalom)ning Alloh taologa yolvorib iltijo qilayotganlari kelyapti, xolos. Ayyub (alayhissalom) o‘sha iltijoda ham odobga rioya qilib, o‘zlariga yetgan zarar nimaligini aytmaydilar. Faqat zarar yetganini va Alloh taolo rahmlilarning rahmlisi ekanini eslaydilar.
Ayyub (a.s.)ning vatanlari, baʼzi manbalarda al-Aqaba qoʻltigʻining shimolida, Oʻlik dengizning janubiy gʻarbida joylashgan Odum vodiysidagi Avs yeridir[4]. At-Tabariy va Yoqut al-Hamaviy Ayyub (a.s) tugʻilgan va yashagan yer Damashq va Azru’otning oʻrtasida joylashgan al-Basaniyya vodiysida ekanligini yozganlar. Ayyub (a.s) Damashq yaqinidagi Shayx Saʼd qishlogʻiga dafn qilingan deb taxmin qilinadi.
Ayyub (a.s) qissasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayyub alayhissalom oʻta taqvodor, kambagʻallarga mehribon, yetim va bevalarga saxovatli, mehmondoʻst inson hamda oʻzi nihoyatda badavlat va serfarzand boʻlgani rivoyat qilingan. Shunday imkoniyatlar sohibi boʻlgan Ayyub alayhissalom biron marta ham Allohga osiy boʻladigan ish sodir etmay, ibodatni tark qilmagan, har doim shukrona aytib yurgan. Ayyub alayhissalom katta boylik egasi boʻla turib, Allohga biron bir gunoh ish qilmaganidan shaytoni lain iztirobda edi. Chunki boshqa boylar har qadamda Allohga osiylik qilishardi. Ayyub (alayhissalom) ham hayotida xuddi Dovud (alayhissalom) va Sulaymon (alayhissalom) kabi sinovga duchor qilingan. U zotning sabri aynan o‘sha mashaqqatli sinovda namoyon bo‘lgan. Lekin aynan qanday sinov kelgani haqida ma’lumot yo‘q. Ayyub (alayhissalom) va u zotning sabri haqida ba'zi bir "ahli kitob"lar chiqargan hikoyalardan birida aytilishicha, u zot juda xunuk dardga mubtalo bo‘lgan emish. Yaqinida turib bo‘lmaydigan darajada yomon ahvolga tushgan emish. Badani parcha-parcha bo‘lib, uzilib tushaverarmish. Faqat bir xotinigina qolib, boshqalar undan nafrat qiladigan holga kelishganmish va hokazo. Biroq bunday afsonalar payg‘ambarlik maqomiga mutlaqo ziddir. Alloh taolo boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan xos bandasiga – payg‘ambarga odamlar nafrat qiladigan darajada jirkanch kasallik bermaydi. [5]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Alayhissalom - Islom dinida payg'ambarlarga nisbatan hurmat yuzasidan qo'llanadigan so'z.
- ↑ „Ayyub (alayhissalom) qabrlari“.
- ↑ „Ayyub (alayhissalom) hayotlari“. — „Ziyouz kutubxonasidan“.
- ↑ Dr. Shavqiy Abu Xalil, "Atlasul-Qur’on", Damashq 2001, 18-bet.
- ↑ „Islom.uz - "payg'ambarlar qissasi"dan“ (28-aprel, 2017-yil).