Ayollar futboli
![]() Aleks Morgan va Stefanie van der Gragt Fransiyaning Lion shahrida boʻlib oʻtgan 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida toʻp uchun kurash olib bormoqda | |
Eng yuqori boshqaruvchi tashkilot | FIFA |
---|---|
Qachondan beri | 1880-yillar, Birlashgan Qirollik[1][2] |
Xarakteristikalari | |
Jamoa aʼzolari | Har bir tomonda 11 ta (darvozabon bilan birga) |
Turkum | Futboldagi atamalar |
Oʻynaladigan joy | Futbol maydoni |
Olimpik oʻyin | 1996-yildan beri |
Mintaqa | Butun dunyoda |
Ayollar futboli – koʻproq ayollar futboli yoki ayollar sokkeri sifatida[lower-alpha 1][lower-alpha 2] tanilgan, ayollar oʻynaydigan assotsiatsiya futbolining jamoaviy sport turidir. Bu oʻyin koʻplab mamlakatlardagi ayollar oʻrtasida professional darajada oʻynaladi va xalqaro miqyosda 187 terma jamoa ishtirok etadi. Oʻyin qonunlari deb nomlanuvchi bir xil qoidalar ayollar va erkaklar futbolida qoʻllaniladi.
Ayollar oʻrtasidagi ushbu oʻyin ancha vaqtdan beri mavjud boʻlsa-da, 1970-yillarga qadar asosan xayriya oʻyinlari va jismoniy mashqlar bilan bogʻliq edi. Shu yillargacha futbol faqat erkaklar sporti deb hisoblangan. Ayollar futboli rivojlana boshlashi bilan milliy va xalqaro darajadagi yirik musobaqalar paydo boʻlgan. Baʼzi mamlakatlarda ayollar futboli ayollar uchun eng nufuzli jamoaviy oʻyinlardan biriga aylandi. Bu sport turi shuningdek, professional ligalarga ega boʻlgan kam sonli ayollar sport turlaridan biridir.
Ayollar futbolining tan olinishi uchun kurash oson kechmagan. Bu sport turi oʻzining ilk yuksalishini 1920-yillarda Buyuk Britaniyada boshdan kechirgan. Oʻsha paytda baʼzi oʻyinlarga 50 000 dan ortiq tomoshabin tashrif buyurardi[4]. Biroq, 1921-yil 5-dekabrda Angliya futbol assotsiatsiyasi unga aʼzo boʻlgan klublar foydalanaydigan barcha maydonlarda ayollar futbolini taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan[5][6]. Bu taqiq faqatgina 1971-yil iyul oyida bekor qilingan.
1970-yillarda ayollar futboli boʻyicha xalqaro turnirlar juda mashhur edi[7][8] va eng qadimgi qitʼa chempionati, hozirda ham oʻtkazilayotgan AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi tashkil etilgan. Biroq, 1986-yilgacha (Ellen Wille) FIFA Kongressida ayol kishi nutq soʻzlamagan[9]. Ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati birinchi marta 1991-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan va shundan beri koʻplab mamlakatlarda yirik televizion tadbirga aylangan[10][11].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ayollar futboli geografiyasi
- Ayollar futboli boʻyicha xalqaro musobaqalar
- Ayollar futbol klublari roʻyxati
- Ayollar futbolida futbolchilar roʻyxati
- Ayollar sporti
- Title IX
- Sheʼs the Man
- Alex & Me
- Mustangs FC
- Gracie (film)
- Beckhamdan qolishma
- Mujskaya jenskaya igra (film)
Esltamalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sometimes abbreviated WoSo.[3]
- ↑ For further information, see names for association football.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- In a League of Their Own! The Dick, Kerr Ladies 1917-1965. ISBN 1-85727-029-0.
- David J. Williamson. Belles of the ball: The Early History of Women's Association Football. R&D Associates, 1991 — 100-bet. ISBN 0-9517512-0-4. OCLC 24751810.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedPink2018
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedDonmouth1881
- ↑ Halloran, John D.. „XI Moments of 2018: Courage cap best WoSo season ever“. The Equalizer (2018-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 2-yanvar.
- ↑ „Trail-blazers who pioneered women's football“. BBC News (2005-yil 3-iyun). 2017-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-fevral.
- ↑ „Women's FA Cup final: The evolution of women's football“. BBC Sport (2021-yil 4-dekabr). 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyul.
- ↑ „The Offside Museum highlights when women were banned from playing soccer“. The Drum. 2019-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Bill Wilson. „Mexico 1971: When women's football hit the big time“. BBC News (2018-yil 7-dekabr). 2022-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ „Martini and Rosso's sponsorship of the Women's World Cups in 1970 and 1971 Celebrating 50 years since an innovative sports partnership began“. JJ Heritage (2020-yil 6-iyun). 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyul.
- ↑ Gorman, Sophie. „Ellen Wille, the mother of women's football“. France 24 (2019-yil 26-iyun). 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyul.
- ↑ Sandomir, Richard „Women's World Cup final was most-watched soccer game in US history“ (en). CNBC (2015-yil 7-iyul). 2019-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-yanvar.
- ↑ FIFA.com „FIFA Women's World Cup 2019 - News - FIFA Women's World Cup 2019 watched by more than 1 billion“ (en-GB). www.fifa.com. 2020-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Ayollar futboli haqida turkum mavjud |